Aziz Nur - Gullolajon

Gullolajon, bunchalar noz qilding-a,
Jon-jonimga azobni soz qilding-a,
Shu bolaga tegmayman, deb rad etib,
Sovchilarga koʻp eʼtiroz qilding-a.
Boshim qotdi, nahotki yoqmadim man?
Koʻzlaringga qaxrli boqmadim man.
Ey bevafo, ishqingda kecha-kunduz
Yuragimni olovda dogʻladim man.
Yoʻq-yoʻq dema, kech endi, gullolajon,
Yurak koʻnmas hech endi, gullolajon. (x2)
Rozi boʻlib, xoʻp demasang agarda,
Holim yomon, boʻlamanku chalajon.
Azob berib, mayli dilim yanchigin,
Yuragimga nayzalaring sanchigin. (x2)
Imkon bergin sevgim izhor qilishga,
Boʻlma soʻzim, birozgina tinchigin. (x2)
Yoʻq-yoʻq dema, kech endi, gullolajon,
Yurak koʻnmas hech endi, gullolajon. (x2)
Rozi boʻlib, xoʻp demasang agarda,
Holim yomon, boʻlamanku chalajon.
Gulyuzginam, qilma asabim tarang,
Nozlaringga sabrim yetmoqda arang. (x2)
Na kulishga, na bir ishga hushim yoʻq,
Ne qilishimni bilmay boshim garang. (x2)
Yoʻq dema, kech endi, gullolajon,
Yurak koʻnmas hech endi, gullolajon. (x2)
Rozi boʻlib, xoʻp demasang agarda,
Holim yomon, boʻlamanku chalajon. (x2)
Jon-jonimga azobni soz qilding-a,
Shu bolaga tegmayman, deb rad etib,
Sovchilarga koʻp eʼtiroz qilding-a.
Boshim qotdi, nahotki yoqmadim man?
Koʻzlaringga qaxrli boqmadim man.
Ey bevafo, ishqingda kecha-kunduz
Yuragimni olovda dogʻladim man.
Yoʻq-yoʻq dema, kech endi, gullolajon,
Yurak koʻnmas hech endi, gullolajon. (x2)
Rozi boʻlib, xoʻp demasang agarda,
Holim yomon, boʻlamanku chalajon.
Azob berib, mayli dilim yanchigin,
Yuragimga nayzalaring sanchigin. (x2)
Imkon bergin sevgim izhor qilishga,
Boʻlma soʻzim, birozgina tinchigin. (x2)
Yoʻq-yoʻq dema, kech endi, gullolajon,
Yurak koʻnmas hech endi, gullolajon. (x2)
Rozi boʻlib, xoʻp demasang agarda,
Holim yomon, boʻlamanku chalajon.
Gulyuzginam, qilma asabim tarang,
Nozlaringga sabrim yetmoqda arang. (x2)
Na kulishga, na bir ishga hushim yoʻq,
Ne qilishimni bilmay boshim garang. (x2)
Yoʻq dema, kech endi, gullolajon,
Yurak koʻnmas hech endi, gullolajon. (x2)
Rozi boʻlib, xoʻp demasang agarda,
Holim yomon, boʻlamanku chalajon. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!