💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalar

2 daqiqa 3.6K marta oʻqildi
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalar
Bizning miyamiz butun hayotimizni boshqaradi va har soniyada juda koʻp maʼlumotni qayta ishlaydi. Ammo vaqti-vaqti bilan u bizni aldayotganga oʻxshaydi. Masalan: agar siz qoʻlingizni suv ostiga tushirsangiz, shaklini yoʻqotgandek yoki hatto sizdan uzoqda turganga oʻxshaydi. Miya boshqa koʻplab narsalar bilan bir xil hiyla-nayranglarni amalga oshiradi va biz har doim ham bu haqiqat emas, balki optik xayol ekanligini payqamaymiz.

Qaysi chiziq toʻqroq?
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalarAgar siz kulrang chiziqlarni birlashtirsangiz, ular aslida bir xil rangda ekanligini tushunasiz. Biroq, turli xil fon tufayli ularning rangida farq bordek koʻrinadi.

Bunga ishonch hosil qilishingiz uchun biz bitta oq va qora fondagi kulrang chiziqni birlashtirdik:
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalarAvtokinetik illyuziya
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalarAgar siz rasmga diqqat bilan qarasangiz, yurak harakatlanayotganini koʻrasiz. Bu xayol ingichka oq chiziqlar va ularning mayda-chuyda yoʻnalishlari hisobiga kelib chiqadi.

Qayta tiklanuvchi kataklar
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalarSuratning chekka qismida singan kataklarni koʻrishingiz mumkin. Ammo agar siz rasmning markaziga taxminan 20 soniya davomida diqqat bilan qarasangiz, kataklar tiklanganini koʻrasiz. Buning sababi, bizning miyamiz butun rasmni koʻrishni yaxshi koʻradi va uni qayta tiklashga intiladi.

Ponzo illuziyasi: rangli chiziqlarning qaysi biri uzunroq?
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalarQizil chiziq uzunroq koʻrinishiga qaramay ikkalasi ham bir hil.

Qizil chiziqlar illuziyasi
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalarIshonishingiz qiyin, biroq qizil chiziqlar aslida toʻgʻri. Ular suratda joylashgan doiralar tufayli ham bizga egri boʻlib koʻrinadi.

Gering illuziyasi
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalarSizningcha, bu chiziqlar egilganmi? Aslida, ular toʻgʻri va illuziya oʻtkir burchaklarda birlashgan segmentlar tufayli paydo boʻlgan.

Dorining rangi qanday?Bir qarashda, bitta dori koʻk rang, ikkinchisi esa binafsha rangga oʻxshaydi.Aslida, ular ikkalasi ham kul rangdir va "rang" effekti esa yorqin fon tufayli paydo boʻlgan.

Kundalik hayotning sehrli illuziyasi
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalarSuratni biroz yuqoriga va pastga siljitayotganda, gilamcha plitka boʻylab "suzayotgan"dek koʻrinadi.

Bolduin illuziyasi: qaysi chiziq uzunroq?
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalarBu ikki chiziq ham aslida bir hil uzunlikda, biroq ongimizda pastdagisi uzunroqdek tuyuladi.

Bu yerdagi qaysi chiziqni uzun deb oʻylaysiz?
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalarUlardan vertikali uzunroq koʻrinsa-da, ikkisi ham bir xil. Mana buning isboti!
Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalar
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!