🎵 Qoʻshiq matnlari

Yusufxon Nurmatov va Xayrulla Hamidov - Tushimda

1 daqiqa 5.6K marta oʻqildi
Koʻngil tamomila nomlandi xirsiy,
Tobora gʻichirlar ostimda kursiy,
Zuxutdan dars bering, Salmoni Forsiy,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Koʻngil siltanmaydi koʻrsa ham tobut,
Bu holda ertaga boʻlaman nobud.
Holimni izohlang, Zayd ibn Sobit,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Baʼzan uyqu gʻolib, bomdod ham malol,
“Oʻrningdan tur”, debon yigʻlaydi hilol.
Azonni his qilay, oʻrgating Bilol,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Tinmagay Shayton deb: tinmasdan sayra,
Dunyo besh kunlikdir, erinmay yayra.
Kurashni oʻrgating, Abu Huroyra,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Qiyomat tongida ne erur nasab?
U kunda darz ketib, portlagay asab.
Dunyoga tupurish nedur, ey Musab?
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Zar qadrin biladi haqiqiy zargar,
Solihlar dunyodan qildilar xazar.
Oʻrgating asli ne taqvo, ey Abu Zar,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Tinmagay Shayton deb: tinmasdan sayra,
Dunyo besh kunlikdir, erinmay yayra.
Kurashni oʻrgating, Abu Huroyra,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Bevafo koʻngildan charchadim noliy,
Istadim Robbimni uzlatda holi.
Mardlikni oʻrganay, xazrati Ali,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Vujudim titrasa, oʻqisam Qurʼon,
Koʻrganlar devona desalar hayron,
Bu holning siri ne, ey shahid Usmon?
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Qop-qora kechalar boʻlsin yop-yorug‘,
Shayton xujumidan tamoman forig‘.
Mardlikni oʻrgating, Umar ul Forug‘,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Najot topgan qavm boʻldilar shokir,
Bunda yoʻq na nifoq, yoʻq erur makr.
Iymondan dars bering, ey Abu Bakr,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Qalbimdan oʻtganin biladi Alloh,
Boshqasi kerakmas, Allohim guvoh.
Bir bora boʻlsa ham, yo Rasululloh,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Davron Gʻoipov - Toʻxta, toʻxta shoshmagin

29-aprel, 20203.5K
Qoʻshiq matnlari

Iqbol Muhammad - Ramazon keldi

29-aprel, 20205.4K