🎵 Qoʻshiq matnlari

Milena Madmusayeva - Yonimda boʻling

2.2K marta oʻqildi
Milena Madmusayeva - Yonimda boʻling
Taqdirda bor ekan achchiq bu xayol,
Musofirlik tomon ketdingiz uchib.
Menchi – farzandlarin quchgan bir ayol,
Qoldim koʻzlarimni yoʻllarga tikib.

Sizni sogʻinaman, maktub yozaman,
Goʻdaklarim sizni sogʻingan behad.
Volidangiz qoʻlin ochar duoga,
Qora koʻzim omon kelsin, deb faqat.

Dunyo boyliklari kerakmas menga,
Yaratgandan umr soʻrayman sizga.
Zebu-zar kerakmas, yonimda boʻling,
Azizim, siz qayting, jonimda boʻling.

Asta erib borar koʻksimda bardosh,
Yarmi boʻsh yostigʻim goʻyoki bir tosh.
Tunda hech oʻchmaydi chiroq,
Yurak tirnar soʻngsiz firoq,
Azizim, siz qayting, yonimda boʻling.

Sizni sogʻinaman, maktub yozaman,
Goʻdaklarim sizni sogʻingan behad.
Qolarman koʻzlarim yoʻllarga tikib,
Azizim, tez qayting, yonimda boʻling.

Dunyo boyliklari kerakmas menga,
Yaratgandan umr soʻrayman sizga.
Zebu-zar kerakmas, yonimda boʻling,
Azizim, siz qayting, jonimda boʻling. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Davron Gʻoipov - Toʻxta, toʻxta shoshmagin

29-aprel, 20203.5K