🎵 Qoʻshiq matnlari

Tohir Mahkamov - Qiyomat kun

2.7K marta oʻqildi
Tohir Mahkamov - Qiyomat kun
Boshim yostiqda-yu, jonim ketarda,
Tanim – borib lahad ichra yotarda. (x2)
Sirot otliq guzargohdin oʻtarda,
Qiyomat kun meni sharmanda qilma. (x2)

Yuzim qarosini oq aylagaysen,
Muhammadni menga yor aylagaysen,
Soʻrar vaqtda oʻzing bandam degaysen,
Qiyomat kun meni sharmanda qilma.

Gunohimning hisobi yoʻq, bilibmen,
Seni dargohingga yolgʻiz kelibmen,
Oʻzing rahm aylagin, bechora qulmen,
Qiyomat kun meni sharmada qilma.

Qiyomat kun meni sharmada qilma,
Qiyomat kun meni sharmada qilma. (x2)

Sening amring bilan ish qilmadim men,
Bu dunyodin ketorim bilmadim men. (x2)
Lahad ichra yotarim bilmadim men,
Qiyomat kun meni sharmanda qilma. (x2)

Gʻariblikda yurib men zoru-hayron,
Hojam sen, menga bergil nuri iymon.
Mening mushkullarimni ayla oson,
Qiyomat kun meni sharmanda qilma.

Xudovando, ajab hayronda boʻldim,
Gunohimni koʻrib, sharmanda boʻldim,
Hisobin topmayin darmonda boʻldim,
Qiyomat kun meni sharmanda qilma.

Qiyomat kun meni sharmada qilma,
Qiyomat kun meni sharmada qilma. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Davron Gʻoipov - Toʻxta, toʻxta shoshmagin

29-aprel, 20203.5K
Qoʻshiq matnlari

Yusufxon Nurmatov va Xayrulla Hamidov - Tushimda

29-aprel, 20205.6K