🎵 Qoʻshiq matnlari

Imron - Qizim

3.8K marta oʻqildi
Imron - Qizim
Jajji qizim, jonajon qizim,
Xudo bergan mehribon qizim.
Ota-onang baxti uchun ham
Omon boʻlgin, onajon qizim.
Ota-onang mehri uchun ham
Omon boʻlgin, onajon qizim.

Sening uchun onang parvona,
Otang boʻlsa doim giryona.
Mohizodam, mohimarjonam,
Bu dunyoda sensan yagona.
Mohizodam, mohimarjonam,
Bu dunyoda sensan yagona.

Jajji qizim, jonajon qizim,
Xudo bergan mehribon qizim.
Ota-onang baxti uchun ham
Omon boʻlgin, onajon qizim.
Ota-onang mehri uchun ham
Omon boʻlgin, onajon qizim.

Yaratgandan soʻraganim sen,
Yuragimga oʻraganim sen.
Mohizoda, mohimarjonam,
Yagonasan, tilaganim sen.
Mohizodam, mohimarjonam,
Yagonasan, tilaganim sen.

Kichkintoyim, koʻngli ozodam,
Xon qalbimga oʻzing xonzodam. (x2)
Baxtimizga dunyo turguncha
Omon boʻlgin, oy mohizodam.
Baxtimizga dunyo turguncha
Omon boʻlgin, oy mohizodam.

Jajji qizim, jonajon qizim,
Xudo bergan mehribon qizim.
Ota-onang baxti uchun ham
Omon boʻlgin, onajon qizim.
Ota-onang mehri uchun ham
Omon boʻlgin, onajon qizim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!