💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Bollivudning eng mashhur beshta juftligi

1 daqiqa 3.1K marta oʻqildi
Bollivudning eng mashhur beshta juftligi
Bollivud insonlarga koʻpincha real hayotda sodir boʻlmaydigan voqealarni taqdim etadi. Goʻzal muhabbat tarixlari ushbu kinoindustriyani mashhur qildi. Tomoshabinlar qahramonlarni chin qalblari bilan sevib qoldilar. Barcha zamonlardagi Bollivudning maftunkor juftliklariga bir nazar tashlab koʻraylikchi!

Raj Kapur – Nargis
Bollivudning eng mashhur beshta juftligiBu ikki inson oilali boʻlishlariga qaramasdan, ularning oʻrtalarida qandaydir bogʻliqlik borligini payqash qiyin emas edi. Raj Kapur va Nargis oʻz rollarini shunchalik qoyilmaqom qilib oʻynashgan ediki, ularning hayotda haqiqiy sevishganlar, degan mish-mishlar yurar edi. Bu juftlik hind kinoindustriyasining “oltin juftligi” boʻlib qoladi.

Amitabx Bachchan – Rekxa
Bollivudning eng mashhur beshta juftligiUlarning muhabbati Bollivud muxlislari orasida eng koʻp muhokama qilinadigani edi. Amitabxning rafiqasi Jaya ishtirokidagi ushbu sevgi uchburchagining sir-asrori maxfiyligicha qoladi. Nima boʻlgan taqdirda ham Amitabx va Rekxa juftligi hamisha muxlislarning olqishiga sazovor boʻlib kelgan.

Dhamendra – Xema Malini
Bollivudning eng mashhur beshta juftligiKeyinchalik oila qurgan Xema va Dharam – bir vaqtlar Bollivudning eng muvaffaqiyatli juftliklaridan biri boʻlgan. Uddaburon yigit va sohinjamol qiz ajoyib ishqiy juftlikni yaratdilar. Boshqa juftliklardan farqli oʻlaroq ular bir-birlarini hayotda ham haqiqatdan sevar edilar.

Rishi Kapur – Dimpl Kapadiya
Bollivudning eng mashhur beshta juftligiRishi Kapur va Dimpl Kapadiya mashhur “Bobbi” filmidayoq tomoshabinlarning qalbidan chuqur joy olgan edilar. Mazkur film bir pasta xit darajasigacha koʻtarildi. Bu juftlik yana bir necha marotaba birga sevishganlar obrazini talqin etdilar.

Shoxruhxon – Kajol
Bollivudning eng mashhur beshta juftligiNisbatan yoshroq avlodni oladigan boʻlsak, sevishganlar rolini Shohruhxon va Kajolchalik hech kim oʻynay olmaydi. Yuqorida nomi tilga olingan “oltin davr” vakillaridan keyin kino ixlosmandlari orasida aynan Shohruhxon va Kajol yuqori maqomga erisha oldilar.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!