🌙 Tush tabiri

Tushda inson koʻrsa nimani bildiradi

2 daqiqa 4.2K marta oʻqildi
Tushda inson koʻrsa nimani bildiradi
Biror kishi tushida notanish insonni koʻrsa, bu inson hech kimga oʻxshamasa, tush koʻrgan kishining nafsi, deb taʼbir qilinadi.

Tushda chiroyli libosdagi kishilarni koʻrgan odam biror narsadan xursand boʻladi, davlatdan kutganiga erishadi. Sevgan kishisining boʻyi oʻsganini koʻrish yaxshilikka yoʻyiladi. Boshi yuvilganini koʻrgan kishi dushman- laridan ustun keladi. Tushda soch qirqish yaxshilik alomati emas. Bunday tush koʻrgan ayolning eri vafot etadi yoki er-xotin ajrashadi.

Biror kishi tushida soqoli yulinganini koʻrsa yoki ularni oʻz qoʻllari bilan yulsa, ishlari izga tushadi. Tushida soqoli oqarganini koʻrgan kishining obroʻyi ortadi. Soqoli kindigagacha tushganini koʻrgan kishi qoʻshnisiga qarshi ish kerak. Shunday tush koʻrgan yosh kishi merosga ega boʻladi. Soqolidan tuklar kamayganini koʻrgan kishining davlati kamayadi, tinchi yoʻqoladi. Oyoqlarida tuklar juda koʻpligini koʻrgan kishining birodarlari va farzandlari koʻp boʻladi.

Badanni tuk bosgan kishining oʻta sodiq oʻgʻli boʻladi. Badanidagi tomirlarni koʻrgan kishi ota-onaning boyligi bilan qudratli boʻladi. Biror kishi tushida qornidan et yoki teri chiqqanini koʻrsa, boyiydi. Biror kishining yuragini chiqarib yeganini tush koʻrgan odam mol-mukka ega boʻladi. Boshidan qon oqqanini koʻrgan kishi ham shunday.

Tushda odam koʻrsa nima
Badanini tuk oʻsmaydigan joylarini tuk bosganini koʻrish boylik va obroʻga ishoradir. Beldan yuqoridagi tana aʼzolarida kamchilik borligini koʻrgan kishi azobda qoladi. Ayol kishi shunday tush koʻrsa, eri bi- lan ajrashadi. Tushida rangi oqarganini koʻrgan kishi kasal boʻladi. Tanasining biror joyida ortiqcha aʼzo borligini koʻrgan kishi boyiydi.

Tushda semiz odam
Semirganini koʻrgan kishi dushmanidan ustun keladi. Sochi uzun boʻlib ketganini koʻrgan kishi farzandli boʻladi. Sochini qoʻli bilan kesgan ayolning eri koʻp oʻtmay vafot etadi. Tushida inson goʻshtini yeyish gʻiybat, yomon soʻzdir.

IP

Tushda koʻrilgan ip ahd va shartnomadir. Osmonda osi- lib turgan ip Qurʼoni Karimdir. Ip — din. Shuning uchun bu ipga osilganini koʻrgan ishi Allohning ipi boʻlgan haq dinga yopishgan kishidir. Ipni bukib, birovning boʻyniga otish uylanishga ishoradir.

IPAK

Tushda ipak koʻrish erkak uchun harom mol va xotin; ayol uchun obro‘-eʼtibor, er va amaldir. Qora ipak xafagarchi- likdir. Tushda ipakli mato koʻrish ham ipak kabi taʼbir qilinadi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!