💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Ichki qoʻrquvni aniqlovchi ruhiy test: Suratda birinchi nimani koʻrdingiz?

2 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Ichki qoʻrquvni aniqlovchi ruhiy test: Suratda birinchi nimani koʻrdingiz?
Oramizdagi har bitta insonda turli fobiya hamda ichki qoʻrquvlar mavjud. Buni oʻzingiz ham anglamagan holatda boʻlishingiz mumkin, ushbu hayotda nimadandir qattiq qoʻrqish uning qarshisida qoʻrquv mavjud emasligini bilan oʻlchanmaydi. Odatda bunday qoʻrquv ong ostiga chuqur joylashgan boʻladi. Biz hayot davomida qanday ichki qoʻrquvlar yashashimizga halal berayotganini yaxshi tushunamiz. Kimdir omadsizlikdan, kimdir qorongʻulikdan, kimdir esa ilonlaru oʻrgimchaklardan qoʻrqadi.

Ayrimlarni yolgʻizlik, ayrimlarni qarilik, boshqalarni kasalligu oʻlim tushunchasi qoʻrquvga soladi. Ushbu qoʻrquvlardan halos boʻlish juda qiyin ish. Sizning ongingiz ostiga joylashgan qoʻrquv nimaga nisbatan shakllangan ekanligini quyidagi vizual test aniqlab beradi.
Ichki qoʻrquvni aniqlovchi ruhiy test: Suratda birinchi nimani koʻrdingiz?Suratga nazar tashlang va unda birinchi boʻlib nimani koʻrganingizni belgilang:

  • Olma
  • Kapalak
  • Pichoq
  • Qurt
Olma
Oʻlimdan juda qattiq qoʻrqasiz. Balki hayot bilan vidolashish oʻzingiz uchun qoʻrqinchli emasdir, ammo yaqinlaringiz hamda oila aʼzolaringizni yoʻqotish ehtimoli sizni dahshatga soladi. Ayrim insonlar bolalik vaqtlarida oʻzlarining yaqinlarini yoʻqotib qoʻyadigan boʻlsalar, butun umr ushbu kemtikni toʻldira olmay yashaydilar.

Maslahat: Hayotingiz hamda miyangizni tushkunlik kayfiyati bilan toʻldirmang. Taqdir izmini hech kim oʻzgartira olmaydi. Ammo, oʻzgartirib boʻlmaydigan tabiat qonuni qarshisidagi qoʻrquv tufayli butun umrni havoga sovurish mumkin.

Kapalak
Sizning eng katta qoʻrquvingiz - oʻz ichingizda. Hayotda oʻta sodiq, ishonchli va mehribon insonga aylanishingiz mumkin, ammo sizni aldashlaridan qattiq qoʻrqasiz. Zero, bunday holat hayotingizda avval ham sodir boʻlgan. Shu tariqa insonlarga boʻlgan ishonchingiz yoʻqolgan. Ularga nisbatan boʻlgan qoʻrquv hissi insonlar bilan oʻzaro munosabat oʻrnatishingizga ham halal beradi.

Maslahat: Qoʻrquvning koʻziga tik qarang. Jasoratli boʻlsangiz, muammolar ham oʻz-oʻzidan ham boʻladi.

Pichoq
Siz hayotda eng koʻp kasalliklardan qattiq qoʻrasiz. Shu sababli salomatligingizga eʼtibor qaratasiz, oʻzingizni asrab-avaylashga harakat qilasiz. Ammo, ehtimoliy hastalik haqidagi hayollar umringizni zavol qilmasligi kerak. Yoʻqsa, bu ruhiy holatingizga katta zarar yetkazib qoʻyadi.

Maslahat: Yomon hayollardan uzoqroq boʻling, ular inson organizmiga ayrim kasalliklaru viruslardan kuchliroq taʼsir koʻrsatadi.

Qurt
Suratda birinchi boʻlib qurtni koʻrish - arvohlardan qattiq qoʻrqishga ishora qiladi. Bu qoʻrquv bolaligingizdagi hotiralar bilan bevosita bogʻliq. Sizni nafaqat ruhlar, balki qorongʻulik ham dahshatga soladi.

Maslahat: Ruhiy jihatdan ham ulgʻayishingiz kerak. Aslida bu qoʻrquv faqatgina miyangizda. Unga asir boʻlishni bas qiling.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!