Ayt sevgilim
Baxor koʻnglim qishmi endi?
Bahtli kunlar tushmi endi?
Ayt sevgilim, ayt sevgilim?
Qayt yonimga, qayt sevgilim.
Ayriliqning taʼmi tahir,
Oʻtgan xar bir dami ogʻir,
Mening aybim nima axir?
Ayt sevgilim, ayt sevgilim?
Qayt yonimga, qayt sevgilim.
Sevar edim, sevmasmiding?
Sevgim kuchin sezmasmiding?
Mening bahtim senmasmiding?
Ayt sevgilim, ayt sevgilim?
Qayt yonimga, qayt sevgilim.
Hushnud yigʻlar, dardin aytib,
Ayriliqning jabrin tortib,
Kelmaysanmi endi qaytib,
Ayt sevgilim, ayt sevgilim?
Qayt yonimga, qayt sevgilim.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!