❤️ Sevgi haqida sherlar

Unutamiz

1.7K marta oʻqildi
Ozor berib koʻp ogʻritdik koʻnglimizni,
Vafo nima bilmay jafolar yutamiz.
Bir kun ishq uvoli urar ikkimizni,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Ahir mensiz yashay olasan bu ayon,
Men ham sensiz yosholaman etmay bayon.
Bizlar birga boʻla olmaymiz hech qachon,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Har kun janjal har kun achchiq soʻzlar bilan,
Koʻnglimizni bir-biridan sovutamiz.
Bizga baxtli boʻlmoq qismat emas ekan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Bir kun baribir sevgimiz topar barham,
Bir-birimiz tushunmasdan har kun janjal.
Bizga gʻururimiz ustun sevgimizdan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Oʻrtamizga qoʻyib shartlar qoʻyib qoida,
Ayb topamiz doim arzimagan joydan.
Bir-birimiz aldashdan ayt nima foyda,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Bilmaysanda pinhon yigʻlab koʻzyosh yutdim,
Bir kun bari yaxshi boʻlar diya kutdim.
Sabrim sindi tushun meni charchab ketdim,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Nuqta qoʻyaylik bariga yaxshi boʻlar,
Balki dillar bu qarorga qarshi boʻlar.
Bugun bas qilaylik ertaga kech boʻlar,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutaylik.

Soʻnggi soʻzim shudir senga baxtli boʻlgin,
Mendan ololmagan mehr baxtni koʻrgin.
Faqat sendan bittagina oʻtinchim,
Komolani har zamonda eslab turgin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sevgi haqida sherlar

Menga hiyonat qilsang

12-aprel, 20215.3K
Sevgi haqida sherlar

Bahtli qilmadim

12-aprel, 20212.1K
Sevgi haqida sherlar

Ayt sevgilim

12-aprel, 20212.5K
Sevgi haqida sherlar

Raʼno

12-aprel, 20213.9K
Sevgi haqida sherlar

Yigʻlama

12-aprel, 20212K
Sevgi haqida sherlar

Qiyin boʻldi

12-aprel, 20212.1K