🕌 Islom

Qurʼon oyatlaridagi 25 hayrat

2 daqiqa 8.6K marta oʻqildi
Qurʼon oyatlaridagi 25 hayrat
1. Qurʼoni karimdagi eng uzun sura – Baqara surasi boʻlib, u 2,5 porani va 286 oyatni tashkil etadi.
2. Qurʼoni karimdagi eng qisqa sura – Kavsar surasi boʻlib, u uch oyatli oʻttizinchi poradadir.
3. Qurʼoni karimdagi eng ulug‘ oyat – "Oyatul Kursi" hisoblanib, u Baqara surasining 255 oyatidir.
4. Qurʼoni karimdagi eng uzun oyat – Baqara surasining 282 oyati boʻlib, u bir sahifani tashkil etadi.
5. Qurʼoni karimdagi eng qisqa oyat – Toha surasining birinchi oyatidir.
6. Qurʼoni karimda zikr qilingan eng katta son – 100 ming soni boʻlib, u Soffot surasining 147 oyatidadir.
7. Qurʼoni karimda kelgan eng uzun soʻz – "Faasqaynakumuhu" soʻzi boʻlib, u Hijr surasining 22 oyatidadir. Maʼnosi: "U ila sizlarni serob qildik".
8. Qurʼoni karimda eng koʻp ishlatilgan arab xarflaridan biri – Alif.
9. Qurʼoni karimda eng afzal kecha, deb Qadr kechasi zikr qilingan. Mazkur kechaning ming oydan koʻra afzalligi Qadr surasining uchinchi oyatida zikr etilgan.
10. Qurʼoni karimda zikr etilgan eng afzal oy – Ramazon oyi.
11. Qurʼoni karimdagi eng afzal sura – Fotiha surasi.
12. Qurʼoni karimda eng koʻp suralarni oʻz ichiga olgan pora –oʻttizinchi pora boʻlib, unda Qurʼoni karimdagi 114 suraning 37 tasi jam boʻlgan.
13. Qurʼoni karimda eng koʻp kelgan Allohning goʻzal ismlaridan biri – Alloh.
14. Qurʼoni karimda eng koʻp nomlari zikr qilingan paygʻambar – Muso (alayhissalom).
15. Qurʼoni karimda eng kam nomlari zikr qilingan paygʻambarlar – Zulkifl, Yasa’, Ilyos va Idris (alayhimussalom).
16. Qurʼoni karimda eng koʻp nomi zikr etilgan meva – Uzum.
17. "Alhamdu lillahi robbil alamiyn" iborasi kelgan sura va oyatlar – Fotiha surasi 2 oyat, Anʼom – 45, Yunus – 10, Zumar – 75, Gʻofir – 65.
18. Maʼlumki, Qurʼoni karimda barcha suralar "Bismillahir rohmanir rohiym" kalimasi bilan boshlanadi. Biroq birgina sura mazkur kalimasiz boshlangan. Bu «Tavba» surasidir. Baʼzi ulamolarning aytishicha, u oʻzidan oldingi suraning davomi boʻlganligi uchundir.
19. Qurʼoni karimning Haj surasida ikki marotaba sajda oyati kelgan. Bular 18 va 77 oyatlar.
20. Qurʼoni karimda sajda oyatlari 15 ta boʻlib, ular Aʼrof surasining 206 oyati, Raʼd – 15, Nahl – 49-50, Isro – 107-109, Maryam – 58, Haj 18 va 77, Furqon – 60, Naml – 24-26, Sajda – 15, Sod – 24, Fussilat – 37-38, Inshiqoq – 21, Najm – 62, Alaq – 19.
21. Qurʼoni karimda sakta qilinishi lozim boʻlgan oʻrinlar – toʻrtta boʻlib, ular Kahf surasining birinchi oyatida, Yosin – 52, Qiyomat – 27 va Mutoffifin – 14.
22. "La ilaha illalloh" iborasi ishlatilgan oyat – Soffot surasining 35 oyatidadir.
23. "Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina azaban nar" duosi zikr etilgan oyat – Baqara surasining 201 oyatidadir.
24. Qurʼoni karimda qaysi oyatlar birinchi nozil boʻlgan? – Alaq surasining 1-5 oyatlaridir.
25. Qurʼoni karimda qaysi suraning tarkibida umuman "m" harfi ishlatilmagan? – "Kavsar" surasida.

"Qurʼoni karim mo‘’jizalari" kitobidan
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!