🕌 Islom

Birinchilar

2.6K marta oʻqildi
Birinchilar
— Islomdagi birinchi Qibla – Baytul Maqdis.

— Birinchi musulmon shoir — Hasson ibn Sobit Ansoriy roziyallohu anhu.

— Madinada muhojirlardan birinchi vafot etgan inson – Usmon ibn Mazʼun roziyallohu anhu.

— Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin Madinadan chiqqan birinchi qoʻshin – Salama ibn Zubayr qoʻshini.

— Musulmonlarning birinchi xalifasi – Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu.

— Birinchi umaviy xalifa – Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhu.

— Birinchi abbosiy xalifa – Abul Abbos Saffoh.

— Birinchi boʻlib masjidlarni (chiroqlar bilan) yoritgan inson – Tamim ibn Avs Doriy.

— Andalus (Ispaniya)ga yetib borgan birinchi qoʻmondon – Muso ibn Nusayr.

— Musulmonlar va forslar oʻrtasida boʻlgan birinchi jang – Qodisiya jangi.

— Musulmonlar va moʻgʻullar oʻrtasida boʻlgan birinchi jang – Ayni Jolut jangi.

— Salibchilardan ozod qilingan Masjidul Aqsoda birinchi juma xutbasini uqigan inson – Qozi Muhyiddin ibn Zakiyyuddin.

— Qustantiniya (Konstantinopol)ni birinchi boʻlib fath qilgan inson – Sulton Muhammad Fotih.

— Qurbonlikni birinchi boʻlib sunnat qilgan paygʻambar – Ibrohim alayhissalom.

— Safo va Marva orasida birinchi boʻlib ichgan inson – Hojar onamiz.

— Zamzam suvidan birinchi boʻlib ichgan inson – Ismoil alayhissalom.

— Birinchi boʻlib dengizga chiqqan paygʻambar – Yunus alayhissalom.

"Hidoyat jurnali"dan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Zikr
Islom

Zikr

1-iyul, 20212.9K