🕌 Islom

Ayol taqdiri

2.7K marta oʻqildi
Ayol taqdiri
Yaxshi ayol dunyodagi eng yaxshi odamga turmushga chiqishi mumkin. Muhammad alayhissalomning zavjalari Oisha roziyallohu anhu misoli. Bu turmush Oisha onamizning Allohga muhabbatlarini susaytirmadi va jannat vojib boʻldi.

Yaxshi ayol dunyodagi eng yomon odamga ham turmushga chiqishi mumkin. Firʼavnning xotini Osiyo roziyallohu anhu misoli. Bu turmush Osiyo onamizning Allohga muhabbatini susaytirmadi va jannat vojib boʻldi.

Yomon ayol dunyodagi eng yomon odamga turmushga chiqishi ham mumkin. Abu Lahabning xotini Ummu Jamil misoli. Bu turmush ularning Allohga isyonini oʻzgartirmadi va jahannam vojib boʻldi.

Yomon ayol dunyodagi eng yaxshi insonga ham turmushga chiqishi mumkin. Lut alayhissalomning kofir xotini misoli. Bu turmush kofir ayolning Allohga isyonini oʻzgartirmadi va jahannam vojib boʻldi.

Yaxshi ayol hech kim bilan turmush qurmasligi ham mumkin. Maryam onamiz misoli. Shunda ham Alloh uning darajasini dunyodagi barcha ayollardan ustun qilib qoʻydi va jannat vojib boʻldi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!