💬 Aforizmlar

Aqlli gaplar...

15.2K marta oʻqildi
Aqlli gaplar...
Ogʻriqsiz bosh faqat mozorda boʻladi.

Daraxt qanchalik koʻp meva bersa, shoxi shunchalik yerga egiladi.

Arpa ekib bugʻdoy kutma!

Koʻrlar orasida bir koʻzli ham qoʻmondon.

Boylik - xudo oldida gunoh, kambagʻallik - odamlar oldida...

Tuyadan soʻrashdi: «Senga arab ohusi yoqadimi?». «Agar bukri boʻlganida yanada yaxshi boʻlardi», dedi u.

Qoʻlingdan kelganini amalga oshir, qolganini taqdirga qoʻyib ber.

Alloh istasa- yaproq gʻarq boʻlib, tosh suzib yurishi mumkin...

Boyga mehmon boʻlsang, baqirasan, kambagʻalga mehmon boʻlsang, kekirasan.

Birov suv topolmaydi-ichgani, birov suv topolmaydi-kechgani.

Havo shari qoidasi: Balandroq koʻtarilish uchun barcha ortiqcha narsalarni tashlab yuborish kerak.

Vaqtida birgina soʻz bilan olishing mumkin boʻlgan koʻngilni, vaqt oʻtgandan keyin doston yozsang ham ololmaysan...

Shunday inson boʻlginki, «Alloh seni oʻzingga oʻxshaganlarga uchratsin!» deb duo qilishsa, xotirjam koʻngil bilan «Amiyn»!!! deya olgin..

Yomonlarning yomonligiga ham hayron qolmadim. Meni hayron qoldirgan narsa, yaxshi deb oʻylaganlarimning yomonligi boʻldi...

Insonlarni manfaatlar birlashtiradi, bugun seni kimdir tark etdimi, demak koʻzlaganiga erishgan...

Odam eng koʻp sevgilisini, eng yaxshi shaklda oilasini, eng uzun muddat onasini sevadi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!