🕌 Islom

Zuxo namozi va uning fazilati

2 daqiqa 3.8K marta oʻqildi
Zuxo namozi va uning fazilati
Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytdilar: "Kimki oʻn ikki rakaat zuho namozi oʻqisa, Alloh unga jannatda oltindan bir qasr bino qilgaydir".

(Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy, Tabaroniy, Bazzor va Ibn Abu Osim rivoyat qilishgan.)
Yuqoridagi hadis quyidagi koʻrinishda ham rivoyat qilingan:
"Kim ikki rakaat zuho namozi oʻqisa, gʻofillardan deb yozilmaydi. Kim toʻrt rakaat zuho namozi oʻqisa, qanoatlilardan deb yoziladi. Kim olti rakaat zuho namozi oʻqisa, u oʻsha kun uchun unga kifoya qiladi. Kim sakkiz rakaat zuho namozi oʻqisa, Alloh taolo uni obidlardan deb yozib qoʻyadi. Kim oʻn ikki rakaat zuho namozi oʻqisa, u odam uchun Alloh jannatda bir uy barpo qiladi".

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Menga Xalilim sallollohu alayhi vasallam uch narsani vasiyat qilganlar; har oyda uch kun roʻza tutmoqni, ikki rakaat choshgoh–zuho namoz va uxlashimdan oldin vitr oʻqimogʻimni».
(Buxoriy, Muslim, Nasoiy rivoyat qilishgan. Xuddi shu hadisni Abu Dardo’ ham rivoyat qilgan.)

Abu Saʼid al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sallollohu alayhi va sallam zuho namozini (baʼzi kunlar) shunday (uzluksiz) oʻqir edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz tark qilmaydilar, derdik. Baʼzan esa shunday oʻqimay tashlab qoʻyar edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz oʻqimaydilar, derdik».
(Termiziy va Ahmad rivoyat qilganlar. Termiziy hasan-gʻarib deganlar.)

Zuho namozi necha rakaat?

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki ikki rakaat zuho namozini muntazam oʻqisa,
gunohi dengiz koʻpiklaricha boʻlsa ham, kechirilgaydir».
(Termiziy, Ibn Moja, Ahmad va Isʼhoq rivoyat qilganlar.)
Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Sizlarning har bir aʼzoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz– sadaqa, har bir hamd aytishingiz–sadaqa, har bir tahlilingiz («La ilaha illalloh», deyishingiz)–sadaqa, har bir takbiringiz–sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz–sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz–sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rakaat zuho namoz oʻqishingiz kifoyadir», - dedilar.
(Imom Muslim rivoyatlari.)
Zuho namozi bu namoz 360 sadaqaga tengdir.
Insonning jisimi 360 boʻgʻindan iborat boʻlib, insonga bu neʼmatlarning shukronasi oʻlaroq har kuni 360 sadaqa qilish lozim boʻladi.
Choshgoh namozi ana oʻsha shukronani ado etishga kifoya qiladi.
Zuho namozining vaqti quyosh toʻla chiqqandan taxminan 3 soat oʻtgach boshlanadi va peshin vaqtidan 10-15 daqiqa avval (bu vaqtda quyosh tikkaga keladi va namoz oʻqish makruh sanaladi) tugaydi. Eng afzal vaqti – peshin vaqti kirishidan 30-45 daqiqa avvalgi vaqtdir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!