🕌 Islom

Eng afzal zikrlar

11.5K marta oʻqildi
Eng afzal zikrlar
Zikrlarning eng afzali va butuni bu – Qurʼoni karimdir. Uning birgina oyatini tilovat qilish bilan banda qanchadan-qancha savobga ega boʻladi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislarida taʼlim bergan zikrlar ham koʻpki, bular haqida alohida kitoblar taʼlif etilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Ikki soʻz tilga yengil, tarozida ogʻir, Rahmonga suyuklidir:
🌱«SUBHANALLOHI VA BIHAMDIHI, SUBHANALLOHIL AZIYM», dedilar”.
(Imom Termiziy rivoyati).
Yana shu zotdan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga:
🌱«LA HAVLA VA LA QUVVATA ILLA BILLAHI»ni koʻproq ayt. Albatta, u jannatning xazinalaridan bir xazinadir”, dedilar”.
(Imom Termiziy rivoyati).
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!