🕌 Islom

Istixora namozi

3.7K marta oʻqildi
Istixora namozi
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Agar kishini biror ish tashvishga solsa, ikki rakaat nafl namoz oʻqisin. Soʻngra:
.
«ALLOHUMMA INNI ASTAXIYRUKA BI ILMIK. VA ASTAQDIRUKA BI QUDRATIK. FAINNAKA TAQDIRU VALA AQDIR. VA TAʼLAMU VALA AʼLAM. VA ANTA ALLAMUL GʻUYUB. ALLOHUMMA IN KUNTA TAʼLAMU ANNA HAZAL AMRA (ISHNI ZIKR QILADI) XOYRUN LI FI DIYNI VA MAʼASHI VA AQIBATI AMRI. AV AJILI AMRI VA OJILIHI, FAQDIRHU LIY. VA YASSIRHU LIY. SUMMA BORIK LIY FIYHI. VA IN KUNTA TAʼLAMU ANNA HAZAL AMRO SHARRUN LIY FI DIYNI VA MAʼASHI VA AQIBATI AMRI AV AJILI AMRI VA OJILIHI, FASRIFHU ANNI VASRIFNI ANHU. VAQDIR LIYAL XOYRO HAYSU KANA. SUMMA RAZZINI BIHI»

(«Parvardigoro, ilming bilan yaxshilik soʻrayman, qudrating bilan kuch soʻrayman. Sen qodirsan, men qodir emasman. Sen bilasan, men bilmayman. Sen gʻayblarning bilimdonisan. Allohim, agar bu qilayotgan ishim dinimda, turmushimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yaxshi boʻlsa, uni menga nasib et, oson va barakali qil. Agar bu ishim dinimda, turmushimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon boʻlsa, meni undan, uni mendan uzoqlashtir, qayerda boʻlsa ham menga yaxshilikni taqdir et va u bilan meni rozi qil»),

– deb duo qilsin va hojatini aytsin».

Buxoriy va Muslim rivoyati.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!