🕌 Islom

Menga ozroq pand nasihat qilsangiz, iltimos

2.5K marta oʻqildi
Menga ozroq pand nasihat qilsangiz, iltimos
Hayot tashvishlaridan zerikkan, siqilgan
bir kishi imom Ahmad ibn Hanbal huzurlariga kirib:
- "Menga ozroq pand nasihat
qilsangiz, iltimos", dedi.
Shunda imom u kishiga qarata:
- Agar Alloh taolo rizq masalasini Oʻz
zimmasiga olgan boʻlsa, bunchalik qaygʻurib, oʻkinish nechun!?
- Agar ehson-infoq va yoʻqotilgan
narsalarning evaziga Allohdan qaytishi naqd boʻlsa, baxillik qilish nechun!?
- Agar jannat haq boʻlsa, bu dunyodan
rohat izlash nechun!?
- Agar jahannam rost boʻlsa, gunoh
maʼsiyat nechun!?
- Agar Munkar va Nakirning qabrda
soʻroqqa tutishi rost boʻlsa, kayfu-safo qilib yurishing nechun!?
- Agar dunyo oʻtkinchi boʻlsa, xotirjamlik
nechun!?
- Agar hisob-kitob aniq boʻlsa, mol-dunyo
jamlash nechun!?
- Agar har bir narsa taqdirda bitilgan
boʻlsa, qoʻrquv nechun!?, deya xitob qildilar...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!