🕌 Islom

Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallam va ulugʻlar nomidan qurbonlik qilish

2 daqiqa 2.2K marta oʻqildi
Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallam va ulugʻlar nomidan qurbonlik qilish
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik kuni kelganda ikki qoʻchqorni qurbonlik qilar edilar. Ulardan birini oʻzlari, ikkinchisini esa, ummatlari tomonidan.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Qurbonlik kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam oq-qora, shohdor, pichilgan ikki qoʻchqorni qurbonlik qildilar. Ikkisini qiblaga yuzlantirganlarida: “Inniy vajjahtu vajhiy lillaziy fatoros samaavaati val ard 'ala millati Ibrohima haniyfa va maa anaa minal mushrikiyn. Inna solaatiy va nusukiy va mahyaaya va mamaatiy lillahi robbil 'alamiyn laa shariyka lah va bizaalika umirtu va anaa minal muslimiyn. Allohumma minka va lak. Allohumma 'an Muhammadin va ummatihi. Bismillahi vallohu akbar” deb, pichoq tortar edilar” (Badrul muniyr).

VAFOT ETGAN NOMIDAN QURBONLIK QILISh

Avvalo, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam va ota-ona, ustoz, qarindosh-urugʻlar tarafidan qurbonlik qilishlik salafi solihlarimizning odatlaridan boʻlgan. Bunday qilishni oʻzlarini saodati deb bilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi hadisda bayon qilib oʻtilganidek, ikki qoʻchqorni qurbonlik qilib, birini savobini oʻzining ummatlariga bagʻishlaganlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallamga muhabbatim bor deb daʼvo qiluvchilarga ham u zot tomonidan qurbonlik qilish munosibdir. Bu ham u zotni bizni qurbonligimizga muhtojliklari tufayli emas. Shoyad shu amalimiz u zotning shafoatlariga sabab boʻlib qolsa, degan umiddadir.
Ulugʻlarimizdan Abdurahmon rahmatullohi alayh qurbonlik kuniga alohida tayyorgarlik koʻrib, u kunda yetmishtaga yaqin qurbonlik qilar edilar. Ulardan birini Nabiy sollallohu alayhi vasallamga, boshqalarini ota-ona, ustozlari nomidan qurbonlik qilar edilar. Vaholan-ki, u kishini xonadonida baʼzan yoʻqchilikdan qozonlari qaynamay ham qolar edi.

BIR NEChA VAFOT ETGANLAR TOMONIDAN QURBONLIK QILISh

Vafot etuvchilarni har biri tomonidan alohida-alohida qurbonlik qilish kerakmi yoki bir qurbonlik qilib, savobini barcha oʻtib ketganlarga bagʻishlasa boʻladimi?

Nafl qurbonlik qilib, oʻzgalar tomonidan qurbonlik qilinayotgan paytda ikki surat boʻladi:
1. Vafot etgan kishi oʻz molidan qurbonlik qilishni vasiyat qilishi. Bu suratda alohida bir jonliqni soʻyish zarur boʻladi. Chunki, u mayyitni molidan qilinayotgan qurbonlikdir. Mayyitni merosxoʻrlari uni goʻshtidan yeya olmaydilar. Bu suratda qurbonlik vasiyat qiluvchi tarafidan qilingan boʻladi;
2. Mayyit ortidan qurbonlik qilishni vasiyat qilmagan boʻlsa-yu, lekin yaqinlari ortidan qurbonlik qilishlari. Bu suratda vafot topuvchilarning har biriga alohida-alohida qurbonlik qilish shart emas. Balki, qurbi yetganicha qurbonlik qilib, savobini barchaga bagʻishlashi mumkin. Hattoki, bitta qurbonlik qilib savobini bir nechta mayyitlarga bagʻishlashi mumkin. Bu suratda soʻyishlik soʻyuvchi tomonidan boʻlib, savobini boshqalarga bagʻishlagan boʻladi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!