Kurbonlikning taʼrifi:

Kurbonlik Alloh Taologa yakinlik xosil kilish uchun Kurbon xayiti kunlarida soʻyiladigan jonlikdir.
2. Uning xukmi: Kurbonlik kilish xanafiy ulamolar nazdida zakot nisobidagi molga ega boʻlgan xar bir musulmon kishining zimmasidagi vojib amaldir. (Zakotda molning nisobga yetishidan tashkari, uning tijorat moli boʻlishi va bir yil davomida kamaymasdan turishi shart kilinadi, kurbonlikda esa bu shartlar yoʻk). Baʼzi olimlar insonning moli nisobga yetish-etmasligidan katʼiy nazar, agar u kurbonlik kilishga kodir boʻlsa va shu ish sababli kiynalib kolmasa, unga bu amal taʼkidlangan sunnatdir, deydilar. Ayrimlar kurbonlik kilishni xatto farz xam deganlar. Bu xukmlar Alloh Taoloning kuyidagi soʻziga asoslanadi: "Rabbingiz uchun namoz oʻking va jonlik soʻying". ("Al-Kavsar" surasi, 2-oyat)
Paygambar alayxissalom aytadilar: "Kim namozdan ilgari jonlik soʻygan boʻlsa, yana kayta soʻysin". (Muttafakun alayxi). Abu Ayyub al-Ansoriy rivoyat kiladilar: "Kishi Paygambar alayxissalom zamonlarida oʻzi va oila aʼzolari nomidan bir koʻy kurbonlik kilar edi". (Termiziy rivoyatlari)
3. Fazilati: Kurbonlik kilishning ulug amal ekaniga Paygambar alayxissalomning kuyidagi xadislari guvoxlik beradi: "Kurbonlik kunlari Odam bolasi kiladigan amallar ichida kon okizishdan (jonlik soʻyishdan) koʻra Allohga maxbubrok amal yoʻkdir...". (Ibn Mojja va Termiziy rivoyatlari, xasan xadis). Yana Paygambar alayxissalomdan: "Kurbonlik oʻzi nima?", - deb soʻrashganda, Rasuvlullox sollallohu alayxi va sallam: "U otalaringiz Ibroxim alayxissalomning sunnatidir", - deb javob berdilar. "Undan bizga kanday ajr bor?", - deyishganida esa, u zot: "Xar bir tuki uchun bittadan yaxshilik berilur", - dedilar... (Ibn Mojja va Termiziy rivoyatlari). Xadislarda bu dunyoda kurbonlik uchun soʻyilgan jonlikning Kiyomat kuni Sirot koʻprigidan oʻtar paytda xozir boʻlib, egasini oʻzining ustiga mindirishi va Sirotdan olib oʻtishi aytilgan.
4. Xikmati: Kurbonlik kilishdagi xikmatlar xakida gapirganimizda, ulardan kuyidagilarni eslashimiz lozim:
a) Islom shiorlarini uluglash; Din shiorlarini xurmat kilish va uluglash iymon alomati boʻlib, bu ish tufayli Islom mustaxkamlanadi, musulmonlarning iymonlari ziyodalashadi.
b) Bu amal orkali Allohga yakinlik xosil kilish; Zero, Alloh Taolo: "Rabbingiz uchun namoz oʻking va jonlik soʻying", - deb buyurgan.
v) Tavxid axlining imomi Ibroxim alayxissalom sunnatlarini tiriltirish; Alloh Taolo u zotga oʻz oʻgillari Ismoilni kurbonlik kilishni vaxy kildi. Soʻng Ismoilning oʻrnilariga bir koʻchkorni evaz kilib berdi. U zot oʻgillari oʻrniga usha koʻchkorni kurbonlik kildilar. Alloh dedi: "Uni biz ulkan kurbonlik evaziga almashtirib oldik". ("As-Saffot" surasi, 108-oyat)
g) Xayit kuni axlu oilaga moʻl-koʻlchilik yaratib berish xamda fakir va miskinlarga nisbatan mexr-shafkat tuygularini ommalashtirish;
d) Chorva xayvonlarini bizga boʻysundirib koʻygani uchun Allohga shukrona bajo kilish; Alloh Taolo deydi: "...Bas undan yenglar xamda fakir va xojatmandni rizklantiringlar. Uni sizlarga mana shunday boʻysundirib koʻydik, shoyadki shukr kilsangizlar. Allohga xargiz uning goʻshti xam, koni xam yetmas. Lekin Unga sizlar tarafingizdan boʻlgan takvo yetur..." ("Al-Xaj" surasi, 36-37-oyatlar)
5. Axkomlari:
a) Kurbonlik kilinadigan xayvonlarning yoshi. Alloh yoʻlida kurbonlik kilish koʻy, echki, mol va tuya kabi xayvonlardan birontasini soʻyish orkali amalga oshiriladi. Kurbonlik kilish uchun tanlangan koʻyning bir yoshga toʻlgan boʻlishi shart. Buni arab tilida "jaza'" deydilar. Koʻy sovlik yoki koʻchkor boʻlishi mumkin. Koʻchkor boʻlishi afzal sanaladi. Maʼlumki, koʻy 6 oyda bir yoshga toʻladi. Shuning uchun uni olti oyda bir yosh deb eʼtibor kilinadi. Koʻydan boshka echki, sigir va tuyalarga kelsak, ularning kurbonlikka yarokli boʻlishi uchun "saniy" boʻlishi shart kilingan. "Saniy" mazkur xayvonlarning yoshini belgilaydigan meʼyor boʻlib, u echkining toʻlik bir yoshga kirib, ikkiga karab ketganidir. Sigirlarda ikki yoshga tulib uchga oʻtgani, tuyada toʻlik turt yoshga kirib beshinchi yilga oʻtgani "saniy" boʻladi. Paygambar alayxissalom bunday deganlar: "Soʻysangiz fakat "musinna" ni soʻyinglar. Agar bu sizlarga ogirlik kilsa, unda koʻydan "jaza'" suyinglar". (Muslim rivoyatlari). Xadisni sharx kilgan olimlar "musinna" deganda chorva xayvonlarning "saniy" si tushuniladi, deydilar. Saniyning nima ekanini xozir aytib oʻtdik. Koʻy, echkini fakat bir kishi kurbonlik kiladi. Tuya va molni yetti kishi sherik boʻlib kurbonlik kilishi mumkin.
b) Kurbonlik xayvonining soglom boʻlishi. Kurbonlikka atalgan jonlik jismonan xar kanday nuksondan xoli, oʻzi sog boʻlishi kerak. Xayvonning koʻzi gilay yoki oyogi choʻlok yo esa shoxi tagidan singan, kulogi tagidan butunlay kesilgan boʻlsa, u kurbonlikka yarokli xisoblanmaydi. Shuningdek, biror kasallik bilan kasallangan, juda xam ozib ketgan jonivorlarni kurbonlik kilish xam nojoiz. Paygambar alayxissalom aytadilar: "Jonlikning toʻrt turi kurbonlikka yarokli emas: gilayi, kasali maʼlumi, choʻlogi, origi". (Termiziy rivoyatlari).
v) Kurbonlik kilishda eng afzal sanaladigan xayvon. Kurbonlik kilinayotgan chorva xayvonlarining ichida eng afzali - ikki koʻzi atrofiga va oyoklariga kora rang aralashgan shoxli, semiz, ok koʻchkordir. Chunki mana shunday sifatli koʻyni Paygambar alayxissalom yaxshi koʻrganlar va kurbonlik kilganlar. Oisha onamiz aytadilar: "Paygambar alayxissalom shoxli, semiz koʻchkorni kurbonlik kildilar". (Termiziy rivoyatlari).
6. Kurbonlik vakti: Kurbonlik vakti xayit kuni ertalab iyd namozidan soʻng boshlanadi. Namozdan oldin kurbonlik kilish xisobga oʻtmaydi. Chunki Rasulullox sollallohu alayxi va sallam: "Kim namozdan ilgari jonlik soʻysa, fakat oʻzi uchun soʻygan boʻladi. Kim namozdan keyin soʻysa, kurbonlikni toʻlik kilib, musulmonlar sunnatiga muvofik ish kilgan boʻladi", - deganlar. (Buxoriy rivoyatlari). Xayitdan keyingi ikkinchi, uchinchi kunlarga kelsak, ularda xam kurbonlik kilish mumkin. Lekin afzali xayit namozi oʻkilgan birinchi kundir. Imom Abu Xanifa nazdlarida birinchi, ikkinchi va uchinchi kunlarda kurbonlik kilinishi joiz. Xayitning toʻrtinchi kuni soʻyilgan xayvon kurbonlik xisobiga kirmaydi. Imom Shofeʼiy esa toʻrtinchi kunni xam kurbonlik kunidan deb xisoblaydilar.
7. Jonlik soʻyishda mustaxab boʻlgan ishlar: Xayvonni soʻyayotganda uni kiblaga karatib yotkizish mustaxabdir. Jonlikka pichok tortayotgan maxal: "Bismillax, vallohu akbar", - deyiladi yoki: "Bismillax, vallohu akbar, allohumma xaza minka va laka", - deb aytiladi. Buning maʼnosi: "Allohning nomi bilan boshlayman. Alloh buyukdir. Ey Allohim, bu kurbonlik Sen tarafingdan va Senga atalgandir". Xayvon soʻyishdagi zikrlar Kurʼonning ushbu oyati bilan sobit boʻlgan: "Allohning nomi zikr kilinmagan narsadan yemanglar". ("Al-Anʼom" surasi, 121-oyat).
8. Jonlik soʻyishni boshkaga topshirishning joizligi: Musulmon kurbonligini bevosita oʻzi boʻgizlamogi mustaxabdir. Uni oʻz nomidan boshkaga soʻydirsa xam joiz boʻladi. Bu borada ulamolar oʻrtasida ixtilof yoʻk.
9. Kurbonlik goʻshtining taksimoti: Kurbonlik goʻshtini uch kismga boʻlish mustaxab sanaladi. Bir kismini oʻzi axlu oilasi bilan isteʼmol kiladi. Yana bir kismini fakir, beva-bechoralarga sadaka kiladi. Uchinchi kismini yoru birodarlari, koʻni-koʻshnilariga xadya kiladi. Bunga dalil Paygambar alayxissalomning kuyidagi xadislaridir: "Undan yenglar, saklab koʻyinglar va sadaka kilinglar". (Muttafakun alayxi). Yana kurbonlik goʻshtini butunlay sadaka kilib yuborish xam, undan biron boʻlakni xadya kilmay, fakat oʻzi ishlatishi xam joizdir.
10. Kurbonlikni soʻygan kassobning xakki boshka narsadan berilishi kerak: Kassobga xizmat xakki sifatida kurbonlik goʻshtidan berilmaydi. Bunga dalil shuki, Ali raziyallohu anxu aytadilar: "Rasulullox sollallaxu alayxi va sallam meni kurbonlik ustida turib, goʻshti, terisi va junlarini sadaka kilib yuborishimni va kassobga kurbonlikdan biron narsa bermasligimni buyurdilar". Soʻng dedilar: "Biz kassobga oʻzimizdan biron narsa berar edik". (Muttafakun alayxi).
11. Butun bir oiladan birgina koʻy kifoya kiladimi? Oila boshligi oʻzi va oilasining nomidan bitta koʻy soʻysa kifoya kiladi. Abu Ayyub raziyallohu anxu aytadilar: "Paygambar alayxissalom zamonlarida kishi oʻzi va oila aʼzolari nomidan bitta koʻy kurbonlik kilardi". (Termiziy rivoyatlari, saxix)
12. Kurbonlik kilishni niyat kilgan odam nimadan chetlashadi? Paygambar alayxissalom deydilar: "Agar sizlardan kim Zulxijja xilolini koʻrsa va kurbonlik kilmokchi boʻlsa, to kurbonlik kilmagunicha sochini va tirnogini olishdan tiyilsin". (Muslim). Ulamolar mazkur ishlarni kurbonlik kiluvchi odam uchun kuchli makrux sanaydilar.
13. Paygambar alayxissalomning butun ummat nomidan kurbonlik kilganlari: Musulmonlardan kim kurbonlik kilishdan ojiz boʻlsa, unga xam albatta kurbonlik kiluvchilar savobidan tegadi, inshoalloh. Chunki Paygambar alayxissalom ikki koʻchkorni kurbonlik kilgan paytlarida uning birini: "Ey Allohim, bu mendan va ummatim ichida kurbonlik kilolmaganlardan", - deb soʻyganlar. (Axmad, Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari).

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!