🕌 Islom

Ahdga vafo qiling

1.4K marta oʻqildi
«Ey Odam farzandi! Sizlarga inʼom qilgan neʼmatimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham Oʻz ahdimga vafo qilaman. Mendangina qoʻrqinglar. Yoʻlboshlovchisiz toʻgʻri yoʻlga tushib boʻlmaganidek, jannatga ham amalsiz yoʻl yoʻqdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz yigʻilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr qilsangizlargina, jannatga kirasizlar. Allohga nafl ibodatlar bilan yaqinlashing. Mening roziligimni oʻzlaringiz orangizdagi misskinlar roziligidan izlang. Ulamolar majlisi orqali rahmatimga ragʻbatli boʻling. Chunki rahmatim bir lahza ham ulardan ajralmaydi.

Alloh taolo: «Ey Muso! Aytayotganlarimni eshit. Haqqi rostki, kim miskinga takabburlik qilsa, Qiyomat kunida uni (zarra yoki mayda chumoli) suratida tiriltiraman. Kimki miskinga tavozeʼli boʻlsa, dunyo va oxiratda u(ning darajasi)ni koʻtaraman. Kimki miskinni obroʻsizlantirish uchun sirini yoysa, Qiyomat kunida uni siri pardalanmagan holda tiriltiraman. Kimki qashshoqni xorlasa, bas, u Meni jangga chorlabdi. Kim Menga iymon keltirsa, dunyo va oxiratda farishtalar u bilan qoʻl berib soʻrashadi», dedi».

Qirq hadisi qudsiy.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Islom

Oxiratni unutmang

11-may, 20231.5K
Islom

Shukr qil

15-may, 20231.4K
Islom

Hammaga yaxshilik qiling

11-may, 20231.5K
Islom

Osiylikdan saqlaning

16-may, 20232.1K
Islom

Ofiyat - bebaho neʼmat

16-may, 20232.1K
Islom

Qattiq qalbga nasihat bekor

11-may, 20231.3K