«Ey Odam farzandi! Agar diningiz salomat boʻlsa, amalingiz, goʻshtingiz va qoningiz ham salomat boʻladi. Agar diningiz fasod topsa, amalingiz, goʻshtingiz, qoningiz ham buziladi. Sizlar oʻzini kuydirib, odamlarga ziyo tarqatadigan sham kabi boʻlmang. Qalbingizdan dunyo muhabbatini chiqarib tashlang, chunki Men hech qachon dunyo muhabbati bilan Uzimga boʻlgan muhabbatni bir qalbda jamlamayman. Rizqni toʻplashda nafsingizga muloyim boʻling. Chunki rizq taqsimlab boʻlingan. (Mol yigʻishga) hirsli boʻlgan kishi (moldan) mahrumdir. Baxil esa yomonlikka duchor. (Bu dunyo) neʼmati bir kun poyoniga yetadi, uni qattiq talab qilish badbaxtlikdir. Ajal maʼlumdir, haqiqat maʼlum. Alloh hikmatlarining eng yaxshisi - xushuʼdir. Boylikning eng yaxshisi - qanoat. Eng yaxshi zaxira - taqvo. Qalbga atr etilgan eng yaxshi narsa yaqiyn, yaʼni oʻta kuchli ishonch. Sizlarga berilgan narsaning eng yaxshisi - ofiyatdir». Qirq hadisi qudsiy "Ofiyat" nima degani? Ofiyat soʻzi salomatlik, yaxshilik eson-omonlik, bardamlik, yaxshi kayfiyat kabi maʼnolarni ifoda qiladi.
«Ey moʻminlar! Nega qilmagan ishingizni gapirasiz? Qancha gaplar aytib, xilofini qilyapsiz. Qancha narsalardan man etib, oʻzingiz undan tiyilmayapsiz. Qancha na
"Ey Odam farzandi! Qancha chiroqlar bor, ularni havoyi nafs shamoli oʻchirib yubordi. Qancha obidlar bor, oʻziga bino qoʻyish ularni buzdi. Qancha boylar bor, e
«Ey Odam farzandi! Buyurganimdek amal qil, qaytargan narsamdan toʻxta, shunda seni hech vafot etmaydigan tiriklar jumlasidan qilaman. Men (abadiy) tirikman, hec
«Ey Odam farzandi! Sizlarga inʼom qilgan neʼmatimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham Oʻz ahdimga vafo qilaman. Mendangina qoʻrqingl
«Ey Odam farzandi! Meni kimga shikoyat qilyapsan? Holbuki, shikoyat qilishing (uchun) Menga barobar zot yoʻq! Qachongacha Meni unutasan, holbuki buni sendan tal