🕌 Islom

Qalb Allohning nazargohidir

2K marta oʻqildi
«Ey Odam farzandi! Oʻlim sirlaringni ochadi. Qiyomat xabarlaringni sinaydi. Azob yopganlaringni fosh qiladi. Gunoh qilar ekansan, gunohning kichikligiga emas, kimga osiylik qilayotganingga qara! Ozgina rizqlanar ekansan, rizqingning ozligiga emas, kim berayotganiga nazar sol! Gunohi sagʻirani kichik sanama, chunki sen qaysi gunoh bilan Allohga osiylik qilayotganingni bilmaysan. Mening makrimdan omon qololmaysan. Chunki makrim qorongʻu kechada Safo togʻidagi chumolining oʻrmalashidan ham maxfiyroqdir.

Ey Odam farzandi! Gʻazabimni eslab, yana Menga osiylik qildingmi? Qaytarganlarimdan qaytdingmi? Farzimni senga buyurganimdek ado qildingmi? Molingdan berib, miskinlarning koʻnglini oldingmi? Senga yomonlik qilganga yaxshilik qildingmi? Senga zulm etganni kechirdingmi? Sendan uzilgan kishi bilan bogʻlandingmi? Senga xiyonat etgan kishiga insof qildingmi? Sendan arazlagan kishiga gapirdingmi? Farzandingga tarbiya berdingmi? Qoʻshningni rozi qildingmi? Olimlardan dining va dunyoingga bogʻliq ishlar xususida soʻradingmi?

Albatta, Men sizlarning na suratlaringizga, na chiroylaringizga qarayman. Balki qalblaringizga nazar solaman va sizlardagi yaxshi xislatlardan rozi boʻlaman».

Qirq hadisi qudsiy. Imom Gʻazzoliy
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.
Islom

Odobdan yuksak muhabbat yoʻq

17-may, 20232.4K
Islom

Bolaning sochini oqartirgan kun

30-may, 20235.5K
Islom

Til ofati

30-may, 20231.9K
Islom

Umring ziyoda boʻlgay

16-may, 20232.5K
Islom

Qachongacha?..

16-may, 20231.7K
Islom

Shunday kun keladi

30-may, 20237.6K