Odobdan yuksak muhabbat yoʻq
Ey Odam farzandi! Ibodatimga mashgʻul boʻl, qalbingni boylikdan toʻldiraman, rizqingga baraka beraman, rohatni jismingga joylayman. Meni zikr qilishdan gʻofil boʻlma! Gʻaflatda qolsang, qalbingni qashshoqlikka, badaningni charchogʻu mashaqqatga, koʻkragingni gʻamga toʻldiraman. Agar umringdan qolganini koʻrganingda bundan buyon orzu-havas qilmagan boʻlarding.
Ey Odam farzandi! Men ato etgan tinchligu salomatlik tufayli toatimga toqatli boʻlding. Tavfigʻim tufayli farzlarimni ado qilding. Bergan rizqim bilan Menga itoatsizlik qilishga kuch topding. Xohishim tufayli xohlagan narsangni xohlading. Irodam tufayli nafsing neni istasa, istading. Neʼmatim tufayli turding, oʻtirding, qaytding. Himoyatim bilan kunni bottirib, tongni ottirding. Fazlim bilan maishat kechirib, neʼmatim bilan toʻkis yashading. Ofiyatim bilan bezanding. Keyin Meni unutib, oʻzgani zikr qilding. Nega haqqimni va shukrimni ado qilmayapsan?!»
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!