Ikki dunyo
Oʻliklar va tiriklar.
Bir dunyodan biriga,
Goʻyo ular sheriklar.
Bir dunyodan biriga,
Oʻtib boʻlar qaytilmas.
Oʻlik dunyo tiriklarga,
Bir xabar ham aytilmas.
Hatto yaqin insonlar,
Biri oʻtsa nariga.
Bir-birini tanimas,
Ketsa yerning qaʼriga.
Bu dunyoda qilingan,
Savob ishlar javobi,
U dunyoda qaytadi,
Jannat boʻlur savobi.
Ammo nodon insonlar,
Bilishsada qilishmas.
Savobidan gunohi,
Koʻp-u qurʼon bilishmas.
Bu dunyoda qilingan,
Ming savobing odamlar.
Bilishmaydi bir gunoh,
Unutmaydi nodonlar.
Ammo olloh gunohing,
Koʻp boʻlsayu savob yoʻq.
Olloh xisob qiladi,
Savob boʻlsa sarob yoʻq.
Koʻp boʻlsayu gunohing,
Duzax eshik ochadi.
Koʻp boʻlsayu savobing,
Duzax sendan qochadi.
Olamdan oʻtganingda,
Olloh boʻlur yoningda.
Xisob-kitob boshlanar,
Oʻtgan har bir oningda.
Shunda savol boshlanar
Sen shu ishni qildingmi?
Sen shubhasiz yoʻq deysan,
Bu gunohku bildingmi?!
Oʻqidingmi sen namoz?
Sen oʻqidim deyarsan.
Unda guvohing qani?
Masjiddan ob kelarsan.
Shu gunohni qildingmi?
Rad javobing toʻsadi.
Xoʻsh! Gapirib boʻldingmi?
Soʻngra muhr bosadi.
Muhr bosib ogʻzingga,
Tilga kirar aʼzoying.
Yordam bera olmaydi,
Hatto kazo-kazoying.
Shunda har bir aʼzoying,
Tilga kirar ruxsatsiz.
Va ollohga aytadi,
Shu ish boʻldi shubhasiz.
Demak biling odamlar,
Vijdon toza haq diling.
Bu dunyoda yashashing,
U dunyoda taqdiring.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!