Zamon deymiz zamona deymiz
Bu yaxshi bu yomona deymiz.
Zulmatxona qilib olamni,
Zamon deymiz zamona deymiz.
Yigitlarning qolmadi ori.
Kimdir alkash kimdir bezori.
Koʻcha koʻyda yursada yori.
Zamon deymiz zamona deymiz.
Er yigitdan baraka qochgan.
Koʻp qizlarga koʻnglini ochgan.
Topganini koʻchaga sochgan.
Zamon deymiz zamona deymiz.
Qizlar oʻzin bozorga solsa.
Tunda daydib har joyda qolsa.
Shayton suvin qoʻliga olsa.
Zamon deymiz zamona deymiz.
Shayton bilan rishtalar qursa.
Or-nomusdan yuzini bursa.
Ochiq sochiq kiyinib yursa.
Zamon deymiz zamona deymiz.
Allohnimas insonni suydik.
Yoshlik dedik ming yonib kuydik.
Ohiratni unutib quydik.
Zamon deymiz zamona deymiz.
Boylik topib yoʻqotib oʻzni.
Unutamiz bir shirin soʻzni.
Barchasiga jim yumib koʻzni.
Zamon deymiz, zamona deymiz.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!