Hayot nasihati
Sodda boʻlsang qolarsan toshga
Xurmating yoʻq katta va yoshga
Bu dunyoda yashash qiyindur
Buni barin pull qiladi hal
Kambagʻalga yopishar kasal
Nola qilma oʻzing nozik sal
Bu dunyoda yashash qiyindur
Yaxshi yashay desang maslahat
Oʻzingni tut gʻururni togʻ qil
Puling boʻlsa qilarsan rohat
Bu dunyoda pul obroʻdir bil
Boʻyin egma kimki boʻlsa ham
Magʻrur turgin yurak oʻlsa ham
Faqat otang-onangdur doʻsting
Ular borki toʻlar kam-koʻsting.
Bu hayotga tushunib, boʻlmas ekan hech,
Oy 🌙 oʻnbeshda yorugʻ-u, oʻnbeshida kech.
Bu hayot oʻynatib, kuldirarkan goh,
Toʻsatdan gʻam solib, yigʻlatar nogoh.
Kerilma! Pulim bor, men sendan boy deb,
Ertaga qolmagin pushaymonlar yeb
Kerilgan bu boshing egmasin hayot
Bu dunyoda hech kimsa emas barhayot.
Boylikka xirs qoʻyma, bevafodir u
Faqat shayton senga der vafodir u
Umring oxirigacha yaxshilik ulash
Soʻnggi yoʻlda tobuting, boʻp qolsin talash.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!