❤️ Sevgi haqida sherlar

Aytchi, meni sevasanmi oʻshanda ham?

4.3K marta oʻqildi
Agar soʻzim sheʼr boʻlmasa bir kun kelib,
Agar qoʻlim tuta olmay qolsa qalam,
Vaʼfoli doʻst, sadoqatli oshiq boʻlib
Aytchi, meni sevasanmi oʻshanda ham?!

Tizzalardan mador ketsa qaylargadir,
Liboslarim nogoh boʻlsa eski, juldir,
Omad mendan araz qilsa nelargadir,
Aytchi, meni sevasanmi oʻshanda ham?!

Har yil kelgan bahor birdan kelmay qoʻysa,
Qaldirgʻochlar uyimga in qurmay qoʻysa,
Hech kim mening yoʻrigʻimga yurmay qoʻysa,
Aytchi, meni sevasanmi oʻshanda ham.

Sochlarimga bevaqt oqlar oralasa,
Eshigimdan gado oʻylab moʻralasa.
Vujudimda dardlar itdek bolalasa,
Aytchi, meni sevasanmi oʻshanda ham.

Xudo urib, men qadringni bilmay qoʻysam,
Sen yoqtirgan koʻylagimni kiymay qoʻysam,
Bir kun kelib seni mutloq suymay qoʻysam,
Aytchi, meni sevasanmi oʻshanda ham?!

Hasta boʻlib, yurolmayin, yotib qolsam,
Bu omonat dunyosidan oʻtib qolsam,
Seni tashlab chin uyimga ketib qolsam,
Aytchi, meni sevasanmi oʻshanda ham.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sevgi haqida sherlar

Sevaman tuproqlar ostida qolib

18-dekabr, 20233.4K
Sevgi haqida sherlar

Hoʻp jonim

18-dekabr, 20235.6K
Sevgi haqida sherlar

Oʻjarliging jonga tegdi

18-dekabr, 20235.7K
Sevgi haqida sherlar

Menga kerakmassiz dedi sevgilim

18-dekabr, 20231.9K
Sevgi haqida sherlar

Men sevaman u ozor berar

18-dekabr, 20231.9K
Sevgi haqida sherlar

Sevaman jonim!

18-dekabr, 20234.1K