❤️ Sevgi haqida sherlar

Menga kerakmassiz dedi sevgilim

1.9K marta oʻqildi
Yonmoqda oʻt boʻlib alanga boʻlib
Suv sepsa joyiga tushmaydi dilim
Uni debman axir tirilib oʻlib
Menga kerakmassiz dedi sevgilim

Sevgimni omonat bergandim unga
Sevgimni koʻksini qilibdi tilim
Qanday koʻnikaman qandayin bunga
Menga kerakmassiz dedi sevgilim

Men mexr istadim shunchaki mehr
Tor boʻldi u tomon boshlagan yoʻlim
Sevgini yoʻllari bunchalar taxir
Menga kerakmassiz dedi sevgilim

Mayli xafamasman qolaverdim jim
Choʻzsam yetmaydida kaltadir qoʻlim
Meni tushunmaydi xozircha xech kim
Menga kerakmassiz dedi sevgilim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sevgi haqida sherlar

Men sevaman u ozor berar

18-dekabr, 20231.9K
Sevgi haqida sherlar

Sevaman jonim!

18-dekabr, 20234.1K
Sevgi haqida sherlar

Oʻshanda ketaman hayotingizdan

18-dekabr, 20231.9K
Sevgi haqida sherlar

Lichkangga bir qarab qoʻy!

18-dekabr, 20232.5K
Sevgi haqida sherlar

Umr deganlari oʻtkinchi ammo

18-dekabr, 20232K
Sevgi haqida sherlar

Aytchi, meni sevasanmi oʻshanda ham?

18-dekabr, 20234.3K