❤️ Sevgi haqida sherlar

Sevaman jonim!

4.1K marta oʻqildi
Oylar tunda husn talashgan,
Kunduz quyosh koʻrgani shoshgan,
Ilk bor boqqan koʻzlar qamashgan,
Yuzlaringni sevaman jonim!😘

Ohular ham hijolat qolgan,
Nayza kipriq qoʻriqlab borgan,
Alloh nurli yogʻduni solgan,
Koʻzlaringni sevaman jonim!😍

Eshitganda mavjlanguvchi jon,
Toʻgʻri etgan qalbimni nishon,
Totlariga hatto bol hayron,
Soʻzlaringni sevaman jonim!🥰

Uchrashganda yerga qadalgan,
Erkalanib, nomim alqalgan,
Faqatgina menga atalgan,
Nozlaringni sevaman jonim! 😊

Suyukligim, yagonam, erkam,
Aylamagin qaroqlaring nam,
Tanhoyimsan, goʻzal ...m!
Seni jondan sevaman jonim!❣️❤️‍🔥💝
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sevgi haqida sherlar

Men sevaman u ozor berar

18-dekabr, 20231.9K
Sevgi haqida sherlar

Menga kerakmassiz dedi sevgilim

18-dekabr, 20231.9K
Sevgi haqida sherlar

Oʻshanda ketaman hayotingizdan

18-dekabr, 20231.9K
Sevgi haqida sherlar

Lichkangga bir qarab qoʻy!

18-dekabr, 20232.5K
Sevgi haqida sherlar

Umr deganlari oʻtkinchi ammo

18-dekabr, 20232K
Sevgi haqida sherlar

Sevdim seni Lolaginam

18-dekabr, 20232.2K