Buldi endi boqmayman ortga...
Parvonadek urdim uzimni
Men bir oshiq telba misoli
Tiyolmadim sira uzimni
Ishq sharobin tatib mastona
Qadam quydim sevgi shahriga
Guzallarga aytdim sirlarim
Tiyolmasdan sira suzimni
Bunda yashar malika ayyor
Parvo qilmas zabun xolimga
Men bir dardmand holiga tushib
Tuzatmadim sira uzimni
Aytdilarki quy qiyma joning
Gʻavgo solma tinglamas ketgin
Ishonmasdan rost suzlariga
Sindirmadim sira dilimni
Kuchalari tor keldi juda
Sigmas buldim malak shahriga
Sahrolarni manzil tutaman
Topolmasam sira yulimni
Muhabbat bir otashin gulxan
Parvonadek urdim uzimni
Azob chekkan menmas-ku bitta
Deya mudom ovutdim uzni
Guzallarda vafo yuq ekan
Jafolari tushdi boshimga
Tul ishqimga bulib ovunchoq
Buldi endi boqmayman ortga...
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!