Chiroyli qizlar
Goʻzalsiz olamda tanxosiz tanxo, Sizdadur sadoqat ibo va hayo, Kechiring! bir bora boqmadim qiyo, Meni sevib qolgan chiroyli qizlar!
Labingizni burib qoshingiz kermang, Men gʻarib shoirni yomon deb bilmang, Sizni sevolmayman hech xafa boʻlmang, Meni sevib qolgan chiroyli qizlar!
Sogʻinib yoʻlimda boʻlmang intizor, Koʻzingiz aytadi sevgingiz oshkor, Meni deb koʻzyoshlar toʻkmangiz zinxor, Meni sevib qolgan chiroyli qizlar!
Kechiring! javobsiz qoldirdim xatlar, Dardingizga qoʻshib yaʼna ham dardlar, Axir bittasini sevadi mardlar, Meni sevib qolgan chiroyli qizlar!
Xafa boʻlmang mendan ey qaro koʻzlar, Sizga koʻngil bersam bir suluv boʻzlar, Qaydadir baxtingiz sizlarni izlar, Meni sevib qolgan chiroyli qizlar!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!