Kelasan yonimga kelasan
Beqiyos mexrimni anglamay.
Bir lahza gʻururing oʻylamay-
Kelasan yonimga kelasan...
Egilib magʻrur bu boshlaring,
Bir kuni qadrimni bilasan.
Yuzlaring yuvganda yoshlaring-
Kelasan, yonimga kelasan...
Gulyuzlaring siypalab hijron,
Mayin soching silaydi armon.
Ishq dardiga topolmay darmon-
Kelasan, yonimga kelasan...
Koʻchangdan topolmay izlarim,
Koʻchamda shamoldek yelasan.
Sogʻinib ishq toʻla koʻzlarim-
Kelasan, yonimga kelasan...
Termulib biz yurgan yoʻllarga,
Xazondek sargʻaygan gullarga.
Xar kuning tuyilib yillarga-
Kelasan, yonimga kelasan...
Sezganday oʻz qilgan aybingni,
Anduhlar egallab qalbingni.
Aytolmay hech kimga dardingni-
Kelasan, yonimga kelasan...
Dardlaring sigʻmay tor yurakka,
Tilasan, bagʻringni tilasan.
Faryoding yetguday falakka-
Kelasan, yonimga kelasan...
Ayriliq onlarin choʻzolmay,
Muhabbat qasrini buzolmay.
Jasurdan koʻnglingni uzolmay-
Kelasan, yonimga kelasan...
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!