Yigʻlamang
Hali hech kimsaga qilmagan vafo,
Qoshi koʻzi boʻyalgan sochi taralgan,
Lek qalbi chiroyli boʻlmagan aslo.
Yigʻlamang yolgʻonlar mavjud azaldan,
Rostga boʻshatmaydi yoʻlaringizni,
Avval sizga berib shirin asaldan,
Zaxarlab ketadi yuragingizni.
Yigʻlamang muhabbat dardiga kuyib,
Sevikli yorlarni uchratasiz xam,
Sevgi sharobidan ichasiz toʻyib,
Keyin hijronidan koʻnglingizda gʻam.
Yigʻlamang doʻstlikning ajib sexridan,
Sadoqat gullari qolganlar soʻlib,
Avval sizga berib shirin mexridan,
Soʻng yuragingizga tig' urar kulib....💔💔
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!