✍️ Sherlar

Oʻzimizni bilaylik...

2.7K marta oʻqildi
Extiros atalmish gulxanda yongach,
Vijdoni uygʻongach, aybidan tongach.
Tungi kapalakka nasixat qilmish,
Zinokor zot nafsi tamoman qongach.

Saning bu qilmishing insofdan emas,
Nechun egri koʻngling, toʻgʻri yoʻl demas?
Dunyo gʻamini yeb charchamadingmi,
Nechun sen ohirat gʻamin hech yemas?

Shunda javob qilmish tungi kapalak,
Demak sen oppoqsan, men qaroyurak?
Ahir oʻzingmasmi zinodan avval,
Shom boʻlmay men bilan yegan zot emak?

Manim ishim faxshdir, buni bilyapsan,
Menga jirkanchsan deb, gunox ilyapsan.
Men egri, sen esa toʻgʻri ekansan,
Oʻzing quchogʻimda nima qilyapsan?

Tiling zikrdayu, qoʻl tasbexdamas,
Gap tanbexchidadir, gap tanbexdamas!
Manim ishim harom, ey halol odam,
Nechun oʻzing hozir tarovexdamas?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Senga...

30-iyun, 20182.2K
Sherlar

Onamga qiz boʻlolsang

10-iyul, 20183.2K
Sherlar

Yigʻlamang

10-iyul, 20184.3K
Sherlar

Ona kechmasin uz farzandidan

10-iyul, 20182.3K
Sherlar

Mexirga zor qalblar yigʻlamang

10-iyul, 20183K
Sherlar

Bir-birimizga ishonch ato etsin

31-iyul, 20182.7K