✍️ Sherlar

Mexirga zor qalblar yigʻlamang

3K marta oʻqildi
Yomon yoʻldan sira yurmagan,
Koʻp qiynalgan davron surmagan,
Mexir berib mexir koʻrmagan,
Mexirga zor qalblar yigʻlamang,

Qiynoqlardan boʻlib xayron lol,
Biror kimsa soʻramasa xol,
Bu dunyoga koʻzyoshlar uvvol,
Mexirga zor qalblar yigʻlamang,

Charchaganda xayot dastidan,
Oʻta olmay baland pastidan,
Pand yeganda nomard doʻstidan,
Mexirga zor qalblar yigʻlamang,

Tushunmasa ogʻa iningiz,
Alamlarga toʻlsa dilingiz,
Oqibatni izlab koʻnglingiz,
Mexirga zor qalblar yigʻlamang,

Armoningiz ketsa xam oshib,
Ichingizdan faryodlar toshib,
Dardingizga yana dard qoʻshib,
Mexirga zor qalblar yigʻlamang!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Ona kechmasin uz farzandidan

10-iyul, 20182.3K
Sherlar

Yigʻlamang

10-iyul, 20184.3K
Sherlar

Onamga qiz boʻlolsang

10-iyul, 20183.2K
Sherlar

Oʻzimizni bilaylik...

30-iyun, 20182.7K
Sherlar

Senga...

30-iyun, 20182.2K
Sherlar

Bir-birimizga ishonch ato etsin

31-iyul, 20182.7K