🖋️ Muhammad Yusuf

Ey jufti xalolim

6.8K marta oʻqildi
Ey jufti xalolim
Bizni birovlardan ne kamimiz bor,
Ey jufti xalolim, ne gʻamimiz bor.
Garchi bogʻlar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli hush damimiz bor...

Garchi men bilan xech yoʻkday ishlaring,
Men xakdadir xatto koʻrgan tushlaring.
Sevdim demasang xam sevging izxori —
Koʻzing toʻla mexr jilmayishlaring.

Mexri sadoqati siymu zar sanam,
Mungligʻim, munisim, mushtiparginam.
Parvonam sensanu boshimda mudom,
Qadringga yetmayin kelganim alam.

Bir bor qosh uymagan qalam qoshligim,
Sochingdagi oqlar — bagʻri toshligim.
Bir shirin soʻz aytmay, bitta gul tutmay
Sen gulni soʻldirdi mening yoshligim.

Darding olay yorim, aytgil dardingni,
Togʻlar koʻtarolmas sening dardingni.
Sevdim demasam xam sevgim izxori —
Umr oʻrtasida bildim qadringni!..

Bizni boshqalardan ne kamimiz bor,
Ey jufti xalolim, ne gʻamimiz bor.
Garchi bogʻlar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli hush damimiz bor...

Muxammad Yusuf
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Muhammad Yusuf

Mehr qolur

12-iyun, 20183.6K