✍️ Sherlar

Xisoblashmaydilar qiz koʻngli bilan

3.6K marta oʻqildi
Xisoblashmaydilar qiz koʻngli bilan
Xatto ignani xam soʻrab olurlar,
Egasin koʻngliga qarab olurlar.
Lekin dil maxrini yayrab olurlar-
Xisoblashmaydilar qiz koʻngli bilan!

Kelinlik sarposi – aldamchi baxor,
Qalbida izillab yigʻlaydi izxor.
Oppoq kiyimiga ishonmay zinxor,
Xisoblashmaydilar qiz koʻngli bilan!

Orzular karvonin gʻamlab olganlar,
Koʻzlarin yolgʻondan namlab olganlar.
Palahmon toshi deb nomlab olganlar
Xisoblashmaydilar qiz koʻngli bilan.

Taqdir deganlari asli xaqdir,
Ammo bu ishlarda qora rang oqdir.
"Maslaxat oshi”da hal boʻlgan taqdir –
Xisoblashmaydilar qiz koʻngli bilan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

​Mehr koʻzda degani yolgʻon

8-avgust, 20183.3K
Sherlar

Yoʻqligimni hadya etaman

10-avgust, 20182.6K
Sherlar

Ogʻushingga shoʻngʻib ketar ruh

10-avgust, 20182.2K