✍️ Sherlar

Yoʻqligimni hadya etaman

2.6K marta oʻqildi
Bu dunyoda borligim agar
Kelib qolsa birovga malol,
Hayotida qolib netaman!
Yuragimdan sugʻurib darhol,
Yoʻqligimni hadya etaman!

Demak...Demak...Soʻnggi on kelgan,
Men tomondan tugab bitgan naf!
Xohishlari mayli ketaman
Mehr izlab bosh oqqan taraf.
Yoʻqligimni hadya etaman!

Suv ustida dor qurib yurgan
Eh,odamlar oʻzicha dohiy.
Yolgʻon-roʻyo,tugar kutaman.
Va lek albat sizga abadiy
Yoʻqligimni hadya etaman!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Ogʻushingga shoʻngʻib ketar ruh

10-avgust, 20182.2K
Sherlar

Gʻiybatim qildi

10-avgust, 20183.3K
Sherlar

Barchasi yaltiroq barchasi soxta

10-avgust, 20182.4K