Gʻiybatim qildi
Kimgadir borligim oʻzi bir dunyo,
Suratim avaylab yurakga ildi.
Kimgadir aksincha, keldimmi malol
Ertadan kechgacha gʻiybatim qildi.
Yana kim sogʻindi har on intizor,
Har kecha tushlarin mehmoni oʻzim.
Allakim haydadi, kechdilar shunday
Shunchaki unutdi yoshlatib koʻzim.
Har kuni yoʻqladi yiroqdan kimdir,
Yonimda yashadi kimdir bexabar.
Kimgadir yoqmadim, kimgadir yoqdim
Kim shirin bol tutdi, kim tutdi zahar.
Kim shodlik ulashdi gʻamlar haqqiga,
Borimni ol deya kamlar haqqiga.
Allakim yashadi hayotdan sarxush,
Men chekkan azoblar, namlar haqqiga.
Kim baxtim tiladi tong otmay turib,
Koʻnglimni bogʻiga gul ekib ketdi.
Yoʻlimga tuzoqlar qoʻyib kim, birov
Koʻrgan har kunimga pushaymon etdi.
Bir kuni dunyodan ketaman kechib,
Yogʻoch ot ustida oq toʻnim kiyib.
Shunda ham kimlardir azasi yolgʻon,
Kimlardir yigʻlaydi chin dildan kuyib.
Suratim avaylab yurakga ildi.
Kimgadir aksincha, keldimmi malol
Ertadan kechgacha gʻiybatim qildi.
Yana kim sogʻindi har on intizor,
Har kecha tushlarin mehmoni oʻzim.
Allakim haydadi, kechdilar shunday
Shunchaki unutdi yoshlatib koʻzim.
Har kuni yoʻqladi yiroqdan kimdir,
Yonimda yashadi kimdir bexabar.
Kimgadir yoqmadim, kimgadir yoqdim
Kim shirin bol tutdi, kim tutdi zahar.
Kim shodlik ulashdi gʻamlar haqqiga,
Borimni ol deya kamlar haqqiga.
Allakim yashadi hayotdan sarxush,
Men chekkan azoblar, namlar haqqiga.
Kim baxtim tiladi tong otmay turib,
Koʻnglimni bogʻiga gul ekib ketdi.
Yoʻlimga tuzoqlar qoʻyib kim, birov
Koʻrgan har kunimga pushaymon etdi.
Bir kuni dunyodan ketaman kechib,
Yogʻoch ot ustida oq toʻnim kiyib.
Shunda ham kimlardir azasi yolgʻon,
Kimlardir yigʻlaydi chin dildan kuyib.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!