🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Sogʻinchli...

12.9K marta oʻqildi
Sogʻinchli...
YIGIT:
Gulim seni sogʻinib keldim.
Aytgin endi qalbda boringni.
Jim boʻlgancha yana indamay.
Qiynamagin sevar yoringni.

QIZ:
Ozor chekmang hecham azizim.
Sevar yorim yonimda boʻling!
Aytolmayman hislarim bayon.
Sogʻinchlarim koʻzda namoyon.

YIGIT:
Yana xijron qiynaydi.
Dilni tilka_tilkalab.
SOGʻINGANIM bilsayding.
Yuragim seni soʻrab!

QIZ:
Sogʻinchlaringiz sezaman har on.
Sogʻinch meni ham qiynaydi yomon!
Azizim men uchun boʻling siz omon.
SOGʻINCHLI xatlarim yoʻlladim siz tamon!

YIGIT:
Sogʻinchli xatlaring oldim qoʻlimga.
Men ham javob yoʻllay yorim gulimga.
Alloh oʻzi yoritsin bizni yoʻlimiz!
Buyuk baxt ato etib boʻlsin toʻyimiz!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!