🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Men seni sogʻinib oʻlarman bir kun

3.5K marta oʻqildi
Men seni sogʻinib oʻlarman bir kun
Men seni sogʻinib zor-zor yigʻladim,
Sevgimni etolmay izhor, yigʻladim,
Rasmingga termulib, bedor yigʻladim,
Hajringda kun-bakun soʻrarman bu kun,
Men seni sogʻinib oʻlarman bir kun.

Sevib sevilmagan yuragim manim,
Yor, senga boʻlmasa keragim manim,
Sarobga doʻnarmi tilagim manim,
Senga iltijolar qilarman bu kun,
Men seni sogʻinib oʻlarman bir kun.

Ishqingda horlarga sarbon boʻlayin,
Bir umr qalbingda armon boʻlayin,
Ishqing yoʻllarida qurbon boʻlayin,
Sheʼr boʻlib kirgayman bir kun,
Men sogʻinib oʻlarman bir kun.

Arshi Aʼlolarga nolam yetmadi,
Seni peshonamga qismat qilmadi,
Qalbingdagi muzlar erib ketmadi,
Men senga baxt tilarman bu kun,
Men seni sogʻinib oʻlarman bir kun.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!