🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Sogʻinib sogʻinib goʻzalim sizni

4.4K marta oʻqildi
Sogʻinib sogʻinib goʻzalim sizni
Sogʻinib sogʻinib goʻzalim sizni,
Tunlar oy termulgan yuzlaringizni,
Bir boqib koʻzlarim uzaolmagan,
Sogʻinib keldim shu koʻzlaringizni!

Yonimdasiz baxtim sezaman degan,
Orzu osmonida suzaman degan,
Siz yoʻq onlarimdan bezaman degan,
Sogʻinib keldim shu soʻzlaringizni!

Daryodek mavjlanar sochlaringiz ham,
Jon olar qilichdek qoshlaringiz ham,
Suydurib kuydurar nozlaringiz ham,
Sogʻinib keldim shu nozlaringizni!

Xayollar chulgʻaydi kechalar sizni,
Oʻylaysiz biz gʻarib oshigʻingizni,
Sezganda oxiri bir shirn hisni,
Sogʻinib keldim shu hislaringizni!

Muxabbat kimlarni bechora etgan,
Ne ne yuraklarni ming pora etgan,
Termulsam koʻzingiz oshkora etgan,
Sogʻinib keldim shu sirlaringizni!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!