💔 Ayriliq haqida sherlar

Sensiz bahorlarim kuzlanib qoldi

2.1K marta oʻqildi
Qarogʻimga sigʻmas mehr degan his,
Otash tigʻla qalbim muzlanib qoldi.
Kesishmas yoʻllarda qoldik ikkimiz,
Sensiz bahorlarim kuzlanib qoldi.

Umid-qanotlari qirqilgan qushdek,
koʻzyoshlar dardimni aritolmaydi.
Oʻn beshi qorongʻu qolgan oymi, ishq-
Koʻngil uylarini yoritolmaydi.

Shabnam-balki yurak toʻkayotgan yosh,
Baxtimga ne boʻldi koʻzlandimi u ?
Koʻzyoshlarda qotib qolganday quyosh,
Sen uning taftini izlamadingmi?

Oʻtli tuygʻulardan qolgani kuldir,
Taqdir roʻyolarga yuzlanib qoldi.
Ketma...nastarinning boʻylarin keltir,
Sensiz bahorlarim kuzlanib qoldi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!