Qaror
Men ketaman!
Yetar ! Toʻldi , sabr kosam!
Sizga malol , sizga yomon
Yoningizda endi qolsam
Kuydi jonim , kuydi yurak
Sababsiz shu rashqingizdan
Baht topmadim darddan boʻlak
Maʼnosiz bu ishqingizdan
Hatlab boʻldim ostonadan
Qaytmogʻimga yoʻqdir chora
Mexr topdim begonadan
Boʻlmang endi siz ovora
Yoʻlim toʻsmang manzil uzoq
Oy botmasdan etish kerak
Tergamang siz qilmang soʻroq
Javobim shu , ketish kerak
Qaror qaʼtiy ...
Ketmogʻim shart
Ezilmasdan ashkingizdan
Yana yurak topmasin dard
Rashqqa botgan ishqingizdan
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!