❤️ Sevgi haqida sherlar

Nigorim..!

2.5K marta oʻqildi
Senga qarab boʻlmas quyosh kabisan,
Ihtiyor izmingda, poygakda orim.
Xozircha sen ishqdan bir oz narisan
Sevgin tushunasan meni nigorim.

Seni koʻrganimda yurak xapqirar,
Oʻtmas pichoq bilan oʻzini tilar,
Dilim soniyada isming chaqirar,
Sevgin tushunasan meni nigorim.

Sabo noming aytib sochimni silar,
Misoli buynimda mayin kokillar.
Borliq duo qilib bahtimiz tilar
Sevgin tushunasan meni nigorim.

Tunlari yulduzlar chin suxbatdoshim,
Seni eslash menga totingan oshim,
Tugab borayapti sabrim-bardoshim
Sevgin tushunasan meni nigorim.

Azobda qiynalib oʻtar xar onim,
Raxming buncha qattiq ey goʻzal xonim
Xijronda oʻlmagan meni bu jonim,
Sevgin tushunasan meni nigorim.

Oyda koʻrinadi jamoling rasmi,
Seni sevish boʻldi yuragim kasbi,
Sen uchun dunyoga kelganman asli
Sevgin tushunasan meni nigorim.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.
Sevgi haqida sherlar

Qaror

10-iyun, 20182.8K
Sevgi haqida sherlar

Internet mish-mishlari

10-iyun, 20183.1K
Sevgi haqida sherlar

Sevdim oʻzim

10-iyun, 20182.8K
Sevgi haqida sherlar

Sevganmisan...

10-iyun, 20182.2K
Sevgi haqida sherlar

Sev

10-iyun, 20182.1K
Sevgi haqida sherlar

Lablaringni men koʻrsam...

10-iyun, 20183K