✍️ Sherlar

Baʼzi bir erkakdan marddir ayollar...

3.3K marta oʻqildi
Jannat oyogʻining ostida boʻlsin.
Notoʻgʻri oʻylamang yomon xayollar.
U shunday bokira, koʻnglingiz toʻlsin.
Baʼzi bir erkakdan marddir ayollar.

Qarang goʻzalligi faqat siz uchun.
Ozorlab dilini bermang savollar.
Yashaydi roʻzgʻoru oʻgʻil - qiz uchun.
Ishyoqmas erkakdan jasur ayollar.

Boshida oq tola dunyoning gʻami.
Bardoshi oltindan tilida bollar.
Sizga bildirmaydi koʻzida nami.
Dardini ichiga yutgan ayollar.

Vafo yuragida sadoqat qalbi.
Axdi yuksak erur labzi xalollar.
Sizga ishongani, aldangan, aybi....
Nomard erkaklardan marddir ayollar...

Ayolni ranjitmang, ranjimang aslo.
Siz uchun bulmasin ishqi uvollar.
Farishta jonini asraydi Ollox.
BAʼZI ERKAKLARDAN ERKAK AYOLLAR
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Xech uyalmang...

17-avgust, 20182.5K