✍️ Sherlar

Mendan SALOM yetkazing Rasulolloxga...

6.2K marta oʻqildi
Mendan SALOM yetkazing Rasulolloxga...
Yuzimni yuvmoqda durday tomchilar,
Yurakka sogʻinchning tigʻi sanchilar.
Qutlug' safar oldida turgan xojilar,
Mendan SALOM yetkazing Rasulolloxga.!

Saodat shaxriga yetsa qadamlar,
MAKKAning xidlari ufurgan damlar,
Nabiyning yurtiga borgan odamlar,
Mendan salom yetkazing Rasulolloxga.!

Miyqotda poklanib exrom kiysangiz
Koʻkdagi farishta misol yursangiz,
OMONAT gapimni eslab qoʻysangiz,
Mendan salom yetkazing Rasulolloxga.!

Mino vodiysida bedor kechada,
Duolar, tavbalar qabul kechada,
Xar bitta goʻshada, xar bir koʻchada,
Mendan SALOM yetkazing Rasulolloxga.!

Qadam tashlasangiz Arofat tomon,
Nabiyning vaʼzlari kelgani zamon,
Jonim FIDO boʻlsin bexad extirom
Mendan salom yetkazing Rasulolloxga.!

Muzdalifada tersangiz toshlar,
Sizga xavasmandman, koʻzimda yoshlar.
Bizni NUR tomonga qaysi yoʻl boshlar,
Mendan salom yetkazing Rasulolloxga.!

Tavof etsangiz ul Kaʼbatulloxni,
Jamolini tilab buyuk ALLOXni,
Xurmati uchun shu Kalomulloxni,
Mendan salom yetkazing Rasulolloxga.!

Madina shubxasiz Nurafshon shaxar
Xatto tushlarimda oʻziga tortar,
U erda NABIYning oʻzlari yotar,
Mendan salom yetkazing Rasulolloxga.!

Nabiyning izlari tushgan koʻchalar,
Ming bor ziyoratga arzir qanchalar,
Oʻsha koʻchalarda yurgan, xojilar,
Mendan SALOM yetkazing Rasulolloxga.!

Qismatda ne boʻlsa bariga koʻndim,
Xajning orzusila yashaydi koʻnglim,
Men shu ORZU bilan topsamda oʻlim,
Mendan salom yetkazing Rasulolloxga.!
(sollalloxu alayxi vassalam)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Noqobil farzand!

16-avgust, 20184.4K
Sherlar

Sen qaydan bilarding...

15-avgust, 20183.6K