Xech uyalmang...
Xech uyalmang, tuproqlarga elanvoling,
Aslingizdir asli bu loy, belanvoling,
Riyokorlik aylab faqat Uning uchun,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Foydalaning qaytib kelmas bu damlardan,
Ogox boʻlib malak qoʻyar qadamlardan,
Kunduzlari charchadingiz odamlardan,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Bu dunyoning minnat bilmas soylari yoʻq,
Osmonida mangu turar oylari yoʻq,
Xech ishonmang! Bu dunyoning boylari yoʻq,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Kunduzlari oʻynab kuling, shafqatlaning,
Yulduzlarning balqishiga toqatlaning,
Xech kim sizni kuzatolmas, roxatlaning
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Saxiyligi yolgʻonlarga suyanmangiz,
Xuzurida ol sifotga boʻyalmangiz,
Ayolingiz koʻrmas hatto, uyalmangiz
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Oʻting nafsiz yovlar bilan olishmayin,
Koʻngillarga gʻillu gʻashni solishmayin,
Kunduzingiz boshqalardan qolishmayin,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Dunyo asli uchragandir qargʻishlarga,
Ol ranglarin mengzab yurmang sargʻishlarga!
Mana fursat! Aylaning chin darveshlarga,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Odamlarga tilanchi deb soʻzlanmang ey,
Gʻiybatlarga nishon oʻlib koʻzlanmang ey,
Oʻzi muxtoj bandalarga yuzlanmang ey,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Maʼshuq boʻlmay bevafo bu dunyo, dunga,
Falsafaga choʻkmang, oʻhshab Aflotunga!
Koʻz yoshingiz asrab qoʻying qaro tunga,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Quyosh koʻrsin yaraqlagan tigʻingizni,
Sanchib olsin devorlar xam mihingizni,
Farzandingiz eshitmasin yigʻingizni,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Tun qoʻynida oʻzgachadir moviy samo,
Bulutlar xam kulib turar roviynamo,
Kunduzlari koʻrinmangu soʻfiynamo,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Bul ishga siz beparvosiz narhingiz yoʻq,
Chirib boʻlgan xolingizga sharxingiz yoʻq.
Dexqonmisiz, olimmisiz, farqingiz yoʻq,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Shul ongina joiz erur yigʻlash yana,
Oʻzini hor xis qilsin bu vujud, tana!
Razzoq Zotning rizqi kengdir, soʻrang, ana,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Sajdalarga choʻkkanida xar bir mushak,
Farishtalar quvonchidan darak beshak!
Kelaqol, deb, yigʻlab chiqsin koʻrpa toʻshak,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Qiyomatda boʻlmagaysiz aslo kulgu,
Ruxingizni etaklagay goʻzal tuygʻu.
Bu savdoga arzimaydi shirin uyqu,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Ramazon oy beʼdor boʻlib yoning yoning!
Aslingizdir asli bu loy, belanvoling,
Riyokorlik aylab faqat Uning uchun,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Foydalaning qaytib kelmas bu damlardan,
Ogox boʻlib malak qoʻyar qadamlardan,
Kunduzlari charchadingiz odamlardan,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Bu dunyoning minnat bilmas soylari yoʻq,
Osmonida mangu turar oylari yoʻq,
Xech ishonmang! Bu dunyoning boylari yoʻq,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Kunduzlari oʻynab kuling, shafqatlaning,
Yulduzlarning balqishiga toqatlaning,
Xech kim sizni kuzatolmas, roxatlaning
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Saxiyligi yolgʻonlarga suyanmangiz,
Xuzurida ol sifotga boʻyalmangiz,
Ayolingiz koʻrmas hatto, uyalmangiz
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Oʻting nafsiz yovlar bilan olishmayin,
Koʻngillarga gʻillu gʻashni solishmayin,
Kunduzingiz boshqalardan qolishmayin,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Dunyo asli uchragandir qargʻishlarga,
Ol ranglarin mengzab yurmang sargʻishlarga!
Mana fursat! Aylaning chin darveshlarga,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Odamlarga tilanchi deb soʻzlanmang ey,
Gʻiybatlarga nishon oʻlib koʻzlanmang ey,
Oʻzi muxtoj bandalarga yuzlanmang ey,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Maʼshuq boʻlmay bevafo bu dunyo, dunga,
Falsafaga choʻkmang, oʻhshab Aflotunga!
Koʻz yoshingiz asrab qoʻying qaro tunga,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Quyosh koʻrsin yaraqlagan tigʻingizni,
Sanchib olsin devorlar xam mihingizni,
Farzandingiz eshitmasin yigʻingizni,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Tun qoʻynida oʻzgachadir moviy samo,
Bulutlar xam kulib turar roviynamo,
Kunduzlari koʻrinmangu soʻfiynamo,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Bul ishga siz beparvosiz narhingiz yoʻq,
Chirib boʻlgan xolingizga sharxingiz yoʻq.
Dexqonmisiz, olimmisiz, farqingiz yoʻq,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Shul ongina joiz erur yigʻlash yana,
Oʻzini hor xis qilsin bu vujud, tana!
Razzoq Zotning rizqi kengdir, soʻrang, ana,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Sajdalarga choʻkkanida xar bir mushak,
Farishtalar quvonchidan darak beshak!
Kelaqol, deb, yigʻlab chiqsin koʻrpa toʻshak,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Qiyomatda boʻlmagaysiz aslo kulgu,
Ruxingizni etaklagay goʻzal tuygʻu.
Bu savdoga arzimaydi shirin uyqu,
Taxajjudda Hudoyimga tilanvoling!
Ramazon oy beʼdor boʻlib yoning yoning!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!